Pedagoglar oilasi bo‘lgan Mahkam aka va Toshxon aya xonadonida tarbiya topgan ikki farzand ham ota - ona kasbini tanlashdi. Shu bilan birga, ular ota - onadan mehnatsevarlik, ilmga intilish, samimiylik, intiluvchanlik kabi xislatlarni ham meros qilib oldilar.Zero , bu fazilatlar, ayniqsa, yosh avlodga talim - tarbiya beruvchi pedagog uchun juda ham muhimdir. Maktabni alo baholarga tugatgan yosh Ozoda TDPU ning Badiiy grafika fakultetiga o‘qishga kirdi. O‘z ish faoliyatini Shayxontohur tumanidagi 192 - maktabda o‘qituvchilikdan boshladi. U o‘zining pedagogik faoliyatida izlanuvchanligi, tirishqoqligi va bilimi bilan ko‘zga tashlandi. U saboq bergan o‘quvchilar fan olimpiadalarida, tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarga sazovar bo‘ldilar. Ozoda Vahobova shu maktabda ko‘p yillar direktor o‘rinbosari vazifasida ishlab keldi. 2006 yil Toshkent shahar XTBBga estetika fanlari metodisti sifatida ishga taklif etildi.
Uning “Grafikaga hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek olimlari”, “Rasm chizish texnologiyalari”, “Chizmachilikdan testlar to‘plami”, “O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etishda to‘garaklar faoliyati “ mavzularidagi uslubiy tavsiyalar shahar maktablarining o‘qituvchilariga amaliy yordam bermoqda. Uning metodistlik faoliyati Respublika bo‘yicha ommalashib , “Metodist faoliyatini rejali tashkil etish” uslubiy qo‘llanmasi maktablarga tarqatildi.