O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Vohidova Noyira Rahimovna

     "Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat bosqichiga o‘tishi iqtisodiy islohotlar samaradorligi fan va texnika yutuqlari hamda ularga erishishni amalga oshiradigan yetuk yosh mutaxassislarga bog‘liqdir. Vohidova Noyira Rahimovna ham ana shunday mutaxassislardan biridir. U yosh, intiluvchan olima va kamtarin inson sifatida ilmiy jamoatchilik o‘rtasida obro‘ - e’tiborga ega. “Ushbu ijobiy fikrlar O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy - tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Vohidova Noyira Rahimovnaga u mehnat qilayotgan ilmiy markaz rahbariyati tomonidan berilgan “Tavsifnoma”dan olingan.
    Noyira Vohidova 2002 - 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida, 2014 yildan hozirgacha O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy - tadqiqot markazida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mehnat faoliyatini 1996 yil o‘zi tahsil olgan Buxoro Davlat universitetida boshlagan.
    2008 yilda kimyo fanlari doktori, professor V.O. Kudishqin ilmiy rahbarligida  “Polibutil - metakrilatning gomo va diblok sopolimerlari sintezi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va ingibirlovchi agentlar ishtirokida polibutilmetakrilat gomo va dibloksopolimerlarining sintezi, ular molekulyar massasini boshqarish qonuniyatlari hamda mazkur polimerlarning arxeologik yodgorliklarni konservatsiya va restavratsiyasida ishlatilishi imkoniyatlarini tadqiq etgan.
    Mazkur ilmiy ishning natijalarini amaliyotga qo‘llash borasida Respublikamiz muzeylarida kichik miqyosda muzey eksponatlarini turli molekulyar tavsifnomalarga ega bo‘lgan polibutilmetakrilat eritmalari vositasida qotirish va ta’mirlash ishlarida ishtirok etgan hamda 2013 yilning oktyabr oyida Respublikamiz hududidan topilgan noyob paleontologik qazilma mamont qoldiqlarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingan. 2014 yilning I choragida akademik Sayyora Rashidova va professor Kudishkinlar rahbarligida “Razrabotka opыtnogo obraztsa rastvora polibutilmetakrilata dlya konservatsii arxeologicheskoy naxodki (biven mamonta)” deb nomlangan 133 raqamli xo‘jalik shartnomasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatdi va noyob yodgorlik saqlanishida faol ishtirok etdi.
    Kimyo fanlari nomzodi Noyira Rahimovna ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda pedagog sifatida ham faoliyat yuritgan. U 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezis ma’ruzalari, 5 ta patent hammuallifi.
    Katta ilmiy xodim Noyira Vohidova ilmiy ishlari natijalari bilan qator konferentsiya va kongresslarda muntazam ishtirok etib keladi.
    Olima 2010 yilda O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan yosh olimalarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida e’lon qilingan konkursda “Razrabotka ekologicheski bezopasniyx, biologicheski aktivnыx preparatov na osnove xitozana (XZ) Vombyx  mori (dlya veterinarii i selskogo xozyaystva)” mavzusi bilan ishtirok etdi va hozirda mazkur loyiha rahbari sifatida izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, “Tibbiyot va qishlok xo‘jligida ishlatiladigan nanostrukturali xitozan metallokomplekslarini olishning laboratoriya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat ilmiy - texnikaviy dasturining rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
    Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi mahalliy xom ashyo tabiiy polisaxaridxitozan Vombyx  morid elementlar asosida koordinatsion birikmalar va nanostruqturali metalloqomplekslar sintez qilish hamda ularning biologik, tibbiy - biologik xossalarini tadqiq qilishdan iboratdir.
    Noyira Rahimovna institutning jamoat ishlarida faol qatnashadi. U bilimli, tadbirli, ilmiy yondashuvchan xodim bo‘lib, jamoada katta obro‘ga egadir. 2009 - 2012 yillarda PKFI qoshidagi DK birlashgan ixtisoslashgan kengashning texnik qotibi vazifasida faoliyat ko‘rsatdi. Shuningdek, u institut kasaba uyushmasi a’zosidir.
    Noyira Vohidova 2012 yilda yuqori molekulyar birikmalar ixtisosligi bo‘yicha doktoranturaga qabul qilindi. Bugungi kunda “Xitozan Vombyx  mori  va elementlar asosidagi metallokomplekslar sintezi, tuzilmasi va xossalari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
    Vohidova Noyira Rahimovna ilmning katta va mas’uliyatli yo‘liga kirgan va bu yo‘nalishda o‘z o‘rnini topgan, ilm - fan taraqqiyotiga munosib ulushini qo‘shayotgan yosh olimalardan. Demak, oldinda uni ilmning hali ochilmagan qirralari, yangi muvaffaqiyaglar hamda izlanishlar kutmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5