Voxidova Komila Abdullazizovna 1968 yilda Namangan viloyati Turaqo‘rg‘on tumani Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985 yil To‘raqo‘rg‘on shaxridagi 4-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi pedagogika universiteti)ning tarix fakultetiga o‘kishga kiradi. 1990 yil institutning tarix-pedagogika bo‘limini imtiyozli diplom bilan tugallaydi. U o‘z ish faoliyatini Namangan viloyati Uchko‘rg‘on tumani Qayqi qishlog‘idagi 9-o‘rta maktabda tarix fani o‘kituvchisi sifatida boshlaydi. 1992 yildan esa Namangan Davlat universitetining «Umumiy tarix» kafedrasida kabinet mudiri, so‘ng stajyor-tadqiqotchi vazifasida, 1995 yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix institutining aspiranti sifatida ilmiy izlanishlar olib boradi. 1999-2002 yillarda «Tarixshunoslik, manbashunoslik va ilmiy bibliografik axborot» bo‘limida kichik ilmiy xodim. 2002 yil sentyabrdan e’tiboran Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Milliy istiqlol g‘oyasi» kafedrasida katta o‘qituvchisidir.
Komila Vohidova XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixshunosligiga juda qiziqadi. Farg‘oiadagi jadidchilik harakati muammosi bilan shug‘ullanadi. 2002 yilda u «Ishoqxon Junaydullohxo‘ja o‘g‘li Ibrat va uning tarixiy-ilmiy merosi» mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. Respublika va xorijiy matbuotda qator ilmiy maqolalari chop etilgan.
Tarix fanlari nomzodi Vohidova Komila Abdullazizovna bugungi kunda institut ilmiy kengash kotibi hamdir.
Oilali. Ikki farzandning onasi.