O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xadjiyeva Farog‘at

Xadjiyeva Farog‘at     Inson yoshligidagi beg‘ubor orzulari ro‘yobini  ko‘rganida o‘zini  qanchalar  bearmon , baxtiyor  his  etadi, yanada yangi va yorug‘  niyatlari og‘ushiga  intiladi.
    Navoiy davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi Farog‘at Xadjiyeva o‘z mehnat faoliyatini ana shunday ezguliklar bilan chambarchas bog‘lagan.
    U 1965 yilda Buxoro viloyatining Olot tumanida tavallud topgan. Shu tumandagi 18 - umumta’lim maktabini 1982 yilda tamomlab, Olot to‘kimachilik fabrikasida 1990 yilga qadar to‘quvchi bo‘lib ishlagan.
    Farog‘atxonning oliy orzusi - pedagoglikka erishishi uni 1990 yilda Navoiy davlat pedagogika institutining “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim uslubiyati” fakultetiga o‘qishga kirish bilan amalga oshdi.
    Izlanuvchan talaba sifatida u har bir fanni astoydil o‘rgandi, kelajakda o‘zining yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishondi.
    F.Xadjieva Navoiy shahridagi 17 - umumta’lim maktabiga boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi vazifasiga ishga kelganida yuragi faxr va zavq - shavqqa to‘la edi.
    U mana shu g‘ayrat bilan o‘quvchilarga yangi metodlar uslubida dars bera boshladi va sinfini “Namunali sinf” maqomiga erishtirdi.
    Farog‘at o‘z sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni jazm etib, 2002 yilda Navoiy davlat pedagogika institutining “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga ishga o‘tdi.
    U 2003 yildan pedagogika fanlari doktori professor Sh.A.Abdullayeva ilmiy rahbarligida “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning didaktik asoslari (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari misolida)” mavzusidagi nomzodlik ilmiy ishini boshlab, 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika fanlari ilmiy - tadqiqot instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik ishini muvaffaqiyatli yoqlab, ilmiy daraja olishga muvaffaq bo‘ldi.
    F.Xadjiyevaning ilmiy maqolalari respublika, viloyat, xorij nashrlarida chop etilgan, ilmiy - amaliy konferentsiyalardagi chiqishlari ham talabalari va soha vakillari uchun qiziqarli sanaladi. Uning uch uslubiy qo‘llanmasi va monografiyasi o‘quv jarayonida tatbiq etilmoqda.
    Farog‘at Oltievna Xadjiyeva hozirda talabalarga “Pedagogik texnologiyalar”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Ijtimoiy pedagogika” fanlaridan saboq berib kelmoqda.
    “Mehnat insonni bezaydi”, deyishadi. Ha, qalbda cho‘g‘ yonib tursa, inson har qanday ishga zavq - shavq bilan kirishadi va yutuqlar sohibiga aylanadi, xuddi Farog‘at Xadjiyevaning hayot yo‘lidagi amallari kabi.
    Farog‘atxon havasmand uy bekasi, turli gullarni parvarish qilishni yaxshi ko‘radi.
    Bevaqtrok bu dunyoni tark etgan turmush o‘rtog‘i Avliyoqulov Zokirjondan qolgan yodgori Alisherjonni risoladagidek tarbiyaladi, bilim olishiga yordamlashdi. Alisher Koreyaning “Hyundai” kompaniyasida tarjimon, onasining madadkori.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5