Komilova Xolida Xafizovna 1950 yilda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1972 yilda Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat institutini tikuv buyumlarini loyihalash mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1972 — 1974 yillarda tikuv buyumlarini loyihalash va dizayn kafedrasida shogird - tadqiqotchi lavozimida ishladi. 1974 — 1977 yillar davomida Moskva yengil sanoati va dizayn universitetining aspiraiturasida tahsil oldi. Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977 yildan beri u Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlarini loyihalash va dizayn kafedrasida assistent, 1981 yildan 1998 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. 1995 yildan bugungi kungacha yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqla.
Xolida Xafizovna 1991 yildan Xalqaro Dizaynerlar Uyushmasi raisi bo‘lib, 1998 yildan beri O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining ijodkorlar uyushmasida “Dizayn Faxriy yorlig‘I” bilan mukofotlangan, 2001 yilniig “Eng yaxshi dizayneri” nominatsiyasi bo‘yicha “Ofarin” mukofotining sovrindori. 2003 yilda O‘zbekton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
Uning rahbarligida ikki aspirant nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 20 dan ortiq shogirdi esa xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik - tanlov, festival va ko‘rgazmalarda g‘olib chiqib, o‘z asarlari bilan mashhur bo‘lmoqdalar.
Kamolot cho‘qqilari sari, Xolida Xafizovna 1977 yildan beri u Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlarini loyihalash va dizayn kafedrasida assistent, 1981 yildan 1998 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. 1995 yildan bugungi kungacha yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
Xolida Xafizovna 1991 yildan Xalqaro Dizaynerlar Uyushmasi raisi bo‘lib, 1998 yildan beri O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining ijodkorlar uyushmasida “Dizayn” bo‘limiga rahbarlik qilib kelmoqda. U 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan, 2001 yilniig “Eng yaxshi dizayneri” nominatsiyasi bo‘yicha “Ofarin” mukofotining sovrindori. 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
Uning rahbarligida ikki aspirant nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 20 dan ortiq shogirdi esa xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik - tanlov, festival va ko‘rgazmalarda g‘olib chiqib, o‘z asarlari bilan mashhur bo‘lmoqdalar.
Kamolot cho‘qqilari sari, Xolida Xafizovna!