O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xalilov Abdishukur

Xalilov Abdishukur    Abdishukur Xalilov 1954 yili Qashqadaryo viloyati Ko‘kabuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi mulla, tabib Xalilboy Qodirov 2- jahon urushi janggohlaridan ikkinchi guruh nogironi bo‘lib qaytgan. Onasi Irisoy aya Boyqulova front ortida xizmat qilgan. Umri mehnatda o‘tgan.Abdishukur Xalilovning shifokorlik kasbini tanlashiga ,avvalo, onasi sababchi bo‘ldi. U uch oylik  chaqaloqligida qizamiq  bilan og‘rigan va Samonov degan rus shifokori uni davolab onaizorning ixlosini qozongan. Keyinchalik shifokor yetib kelolmay qizamiq, bo‘g‘ma kasalliklari bilan og‘rib opasi dunyodan ko‘z yumdi. Bu voqealardan azoblangan Irisoy aya Abdishukurning shifokor bo‘lishini niyat qilgan. Otasi ham doim o‘g‘lini odamlarning dardiga malham bo‘lishga davat etardi. FarzandlariHayitgul, Shaxarxon, Boysun,Hasan, Shermamat, Kenja turli kasblarning etagidan tutishdi.Abdishukur esa maktabni alo baholarga topshirib, orziqib kutilgan maqsadga - Toshkent davlat tibbiyot oliygoxi talabasi nomiga musharraf  bo‘ldi... Tinimsiz izlanishlar,o‘qishga cheksiz muhabbat tufayli oliygoxni ham imtiyozli diplom bilan tugatdi......
    1977 yili Qashqadaryoga qaytib , 1- sonli shifoxonaning  jarrohlik bo‘limida ordinator bo‘lib ish boshladi. Ko‘p  o‘tmay Nishon  tumani markaziy poliklinikasida jarroh vazifasida faoliyatini davom ettirdi. Bu yerda mohir jarroh Jabborali Xo‘jaev Abdishukur akaga ustozlik qilib uning bugungi mavqega erishishiga munosib hissa qo‘shdi. Istedodli jarrohni hayotning o‘zi siyladi- iqtidoriga yarasha  kamol topdi.1980 yili u qon quyish bo‘limi mudirligidan davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 1984 yili Toshkent pediatriya institutining 1- sonli jarrohlik kafedrasi bazasida ikki yillik ordinaturada ishini davom ettirdi. 1986 yili tibbiyot bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga Nishon tumani markaziy shifoxonasining jarrohlik bo‘limida shifokor-ordinator, 1987 yili jarrohlik bo‘limi mudiri bo‘lib xizmat qildi.Bu yillar uninguchun haqiqiy ijod maktabi bo‘ldi. Ilmiy izlanishlaring samarasi o‘laroq 1989 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli  himoya qildi. 2000 yili Abdishukur  Xalilov mazkur shifoxonaning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga rahbar etib tayinlandi. Mana, o‘shandan buyon qo‘li yengil shifokor shifoxonaning yaxshiyu yomonini  o‘z yuragidan  o‘tkazib yashab keladi. Bu yillar mobaynida shifoxona zamonaviy  tibbiy uskunalar bilan boyidi.Yangi laboratoriya va tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari to‘kis jixozlandi. Rahbar xodimlarning ixtisosi, iqtidori va malakasiga qattiq etibor qaratdi. Shu bois ular orasida yuqori toifali shifokorlar, tibbiyot fanlari nomzodlari ko‘paydi.Abdishukur Xalilov bugungi kunda respublikada nomi chiqqan jarroxlar sirasiga kiradi. U tuman jarroxlar jamiyatining  raisi , xalq duputatlari Nishon tumani kengashi deputati, respublika donorlarining eng yaxshi targ‘ibotchisidir. Shuningdek, iqtidorli  shifokor doktorlik dissertatsiyasi ustida  ilmiy  izlanishlarini davom ettirmoqda. Uning 2ta monografiya , 4 ta uslubiy  qo‘llanma, 163 ta tibbiy-ilmiy maqolalari  respublika va xorij matbuotida chop etilgan. Olimning ikkita ixtirosi amaliyotga tatbiq qilingan . Qo‘li yengil shifokor va olim Abdishukur Xalilov fidokorona xizmatlari uchun “ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 1 yilligi” va    “O‘zbekiston ruspublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
    Abdishukur aka oilaning porlab turguvchi mayog‘i sifatida rafiqasi Bozorxol opa (xamshira) bilan farzanlari Dilshodjon (er kadastri tashkilotida yetakchi mutaxassis), Boburjon (shifokr),Bekzodjon (kollej o‘qituvchisi), Maxliyoxon va Bunyodbek (oliygoh talabasi) ni tarbiyalab el xizmatiga  yo‘llagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5