O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xaliqulova Go‘zal Erkinovna

Xaliqulova Go‘zal Erkinovna    O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Xaliqulova Go‘zal Erkinovna qat’iyatli, ilmiy salohiyati yuqori, irodali, tashabbuskor, tashkilotchi... va aynan ana shu xislatlar ayolning pedagogik faoliyati, olimalik ishlaridan tashqari rahbarlik lavozimini ham uddalashida juda muhim. “Yigit kishiga qirq hunar oz” degan naql bor, hozirda yurtimizning ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan, bir paytning o‘zida turli sohalardan xabardor, bilimdon, zukko, ilg‘or ayollarga boqib: “Ayol kishiga qirq hunar oz” degingiz keladi. Ana shunday pedagog, rahbar ayol, oilasida esa beka, ona, degan maqomlarxa ega zamonamizning oqila, olima ayollaridan biri san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Xaliqulova Go‘zal Erkinovnadir.
  Go‘zal Xaliqulova 2004 yilda “O‘zbek tarixiy dramalari talqinida sahna nutqi masalalari” (1980 - 1990 yillar) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbari Davlat mukofoti sovrindori, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Qodirov Muhsin Xalilovich. 2014 yildan mustaqil izlanuvchi sifatida (Teatr san’ati) “Uzbek teatri taraqqiyotida sahna nutqi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
  2002 - 2003 yillarda O‘zbekiston Davlat san’at instituti “Teatr san’ati” fakulteti dekanining ilmiy ishlar bo‘yicha muovini, so‘ngra institutning “Aspirantura va magistratura” bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Keyinchalik prorektor vazifasini bajaruvchisi, 2012 yildan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.
  O‘zbek teatr san’ati va sahna nutqiningdolzarb masalalariga oid 35 ta ilmiy maqolalar, 3 ta aktyorlik va rejissyorlik yo‘nalishlari uchun o‘quv dasturlari, 1 ta “Teatr san’ati va kino san’ati. Televidenie” doktorantura ixtisosligi uchun malakaviy imtihon dasturi, “Sahna nutqi mahoratini egallashda uslub va vositalar” nomli o‘quv - uslubiy qo‘llanma, “Sahna nutqi” (tarixiy dramalar talqinida) nomli o‘quv qo‘llanma yaratgan. “Sahna asarlaridagi qahramon xarakterini talqin qilishda zamonaviy kommunikativ texnologiyalardan foydalanish uslubiyati” mavzusidagi amaliy byudjet rahbari, loyiha natijalari asosida 1 ta monografiya muallifi. 5 nafar magistrga ilmiy rahbarlik qilgan.
  “Sahna nutqi” (tarixiy dramalar talqinida) o‘quv qo‘llanmasi “Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti muallifi – 2011” tanlovida 1 - o‘rinni egallagan.
  O‘zbekisgonda oliy talim muassasalaridagi doktorlik ta’limining sifatini oshirishga qaratilgan “Enhancing quality of doctoral education at higher education institutions in Uzbekistan – UZDOC” xalqaro loyihasi ishtirokchisi.
  Dotsent Xaliqulova Go‘zal Erkinovna fidoyi, kamtarin, javobgarlikni his qila oladigan mas’uliyatli rahbar.
  Go‘zalxon oilali, uch nafar farzandning onasi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5