O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xamidova Gulbahor Rahimovna

Xamidova Gulbahor Rahimovna    Gulbahor bolaligidan kimyo fanini mo‘jizalar fani deb bilar, unga qiziqishi ortib borar edi, chunki u kimyogarlar oilasida o‘sib - ulg‘aydi. Otasi Tillayev Rahim Sodiqovich elga tanilgan kimyogar olim, onasi Shohidaxon Sharipova shu universitetning Tabiiy birikmalar kafedrasida ko‘p yillar mehnat qilgan. Shu sababli u maktabni a’lo baholarg a tugatib, ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi.Oliygohni tugatib, kimyo fakultetida stajer - tadqiqotchi bo‘lib ishladi. Universitet aspiraturasini bitirib, Universitet qoshidagi Amaliy fizika institutining muhandisi bo‘lib, so‘ngra Toshkent politexnika institugi qoshidagi “Kompozipion polimer materiallar” ilmiy bo‘limida kichik ilmiy xodim sifatida ishladi. 1992 yildan boshlab O‘zMU Kimyo fakultetining Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshladi. Hamidova Gulbahor Hozirda universitet “Tabiiy birikmalar kimyosi” kafedrasi dotsenti, kimyo fanlari nomzodi. Umumiy ish faoliyati - 35 yil.
  Xamidova Gulbahor Rahimovna "Izuchenie kompleksoobrazovaniya poli – 4 – vinil - i poli – 2 – metil – 5 - vinilpiridinov s polimegakrilovoy kislotoy i ionami metallov” mavzusida pomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  Olima Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasining ilmiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan o‘rta ta’lim maktab, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari, shuningdek, oliy  maktablarda kimyoni o‘qitish usullari ustida ish olib borish bilan birga, glitsirrizin kislotasi va uning  hosilalari bilan supramolekulyar komplekslarini olish va ular asosida yangi dori vositalar yaratish sohasida izlanishlar olib bormoqda.
  Jumladan, 2006 - 2008 yillarda “Mahalliy xom ashyo asosida sil kasalligiga qarshi yangi dori vosita yaratish va texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi loyihaga rahbarlik qildi va olib borilgan izlanishlar natijasida “Sil aktivligiga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan kompleksli birikma”ga patent olindi.
  2012 - 2013 yillarda “Dori vositalarning asosi hisoblangan suvda eritiladigan atsetiltsellyuloza olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha amaliy loyihada faoliyat olib bordi va 2014 yildan “Tuberkulyozga qarshi Tuglizid preparati substantsiyasi texnologiyasini o‘zlashtirish va tajriba sanoat partiyasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi innovatsion loyihaga rahbarlik qilib kelmoqda.
  Olima jami 40 dan ortiq ilmiy - uslubiy ishlar, jumladan 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi, 1 ta mualliflik guvohnomasi, 1 ta ixtiro uchun patentga ega.
  Hamidova Gulbahor Rahimovna kimyo o‘qitish metodikasi sohasida yetuk mutaxassis hisoblanadi va mazkur yo‘nalishdagi nomzodlik dissertatsiyalari va ilmiy hisobotlarni taqriz qilishda faol ishtirok etib keladi.
  Dotsent Gulbahor Hamidova universitetning ma’naviy - ma’rifiy va jamoat ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda. 1994 yildan 2001 yilgacha kimyo fakulteti hotin - qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda fakultet sifag komissiyasi, o‘quv - uslubiy kengashining a’zosi. Jamoa va ilmiy - pedagogik ishlarda faol qatnashgani uchun fakultet Faxriy yorlikdari, 2012 yilda ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rga maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.
  U ilmiy rahbarlik qilgan o‘nlab magistr va bakalavrlar Respublikamizniig turli tashkilotlarida - oliy, o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida, ilmiy-tekshirish institutlarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha samarali mehnat qilishmoqda.
  Gulbahor Hamidova uch nafar farzandining mehribon onasi, besh nabiraning sevimli buvijonisi. Uning turmush o‘rtog‘i - Hamidov Sanjar Sultonovich ham kimyogar olim bo‘lgan. Gulbahorning ham olima, ham ona, ibratli beka bo‘lib shu darajaga yetishida, albatta, u kelin bo‘lib tushgan xonadon sohib - sohibalarning - qaynotasi tibbiyot fanlari nomzodi, dotseng Hamidov Sulton Hamidovich, qaynonasi - Sodiqova Hakimaxonning hissalari juda katta bo‘ldi.
  Gulbahor Hamidova kamtarin, katga uslubiy mahoratga ega, o‘ziga va talabalarga nisbatan talabchan, o‘z ilmiy-pedagogik darajasini oshirish ustida tinmasdan ish olib boruvchi o‘qituvchidir. Ish yuzasidan o‘ziga yuklangan vazifaga mas’uliyat bilan yondoshadi va puxta hal qilishga harakat qiladi. Ushbu hislatlari bilan u talabalar va hamkasblari orasida katta hurmatga ega.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5