O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xamraliyev Amonjon Abdufattayevich

Xamraliyev  Amonjon AbdufattayevichTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    A. Xamraliyev 1950 yil 19 aprelda Rishton shahrida tavallud topdi. 1967 yilda shahardagi 2 - sonli maktabni a’lo baholarga bitirib, Farg‘ona politexnika instituti qurilish fakultetiga  “Sanoat va fuqaro qurilishi”  mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. Talabalar ilmiy anjumanlarida qatnashish bilan birgalikda, yozgi ta’til davrlarida Qirguli mavzesida joylashgan 8 - qurilish trestining bir qancha qurilish tashkilotlarida Farg‘ona shahrining katta zavodlari qurilishlarida amaliyot o‘tadi.
  1972 yilda Farg‘ona politexnika institutini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘llanmasi bilan 1972 yil 1 sentyabrdan boshlab Rishton tumanidagi “Rishton ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi” da qurilish ustasi lavozimida mehnat faoliyatini boshladi. Keyin 1973 yilning may oyigacha harbiy xizmatni o‘tadi. Harbiy xizmatdan keyin ilmiy tadqiqot ishlariga qiziqqanligi sababli Farg‘ona politexnika institutining “Qurilish mexanikasi” kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi. Undagi ilmiy ishga qiziqish 1978 - 1981 yillar davomida Moskva qurilish muhandislik institutining (hozirgi Moskva davlat qurilish akademiyasi) qurilish fakulteti “Temir - beton konstruktsiyalari” kafedrasi qoshidagi kunduzgi bo‘lim aspiranturasida texnika fanlari doktori, professor P. F. Drozdov rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishiga sabab bo‘ldi.
  1983 yilning iyun oyida Moskva qurilish muhandislik
  institutining ixtisoslashtirilgan ilmiy Kengashida “Ko‘p qavatli bikirlik yadroli binolarning kuchlanganlikde - formatsiyalanish holatini tadqiq qilish” mavzusidagi texnika fanlari nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Unga 1990 yili Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan “Qurilish mexanikasi va qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi dotsenti ilmiy unvoni berildi.
  Mehnat faoliyati davomida u kafedra assistenti (1972 - 1977), katta o‘qituvchi (1981 - 1989), kechki qurilish fakulteti dekani muovini (1984 - 1990), qurilish fakulteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti (2001 - 2010) vazifalarida samarali faoliyat ko‘rsatdi. 2010 yilda bevaqt o‘lim uni oramizdan olib ketdi. Uning yorqin xotirasi yaqinlari va do‘stlari qalbida abadiy saqlanib qoladi.  

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5