Umarali Baratovich Xanapiyayev 1963 yil 17 aprelda Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otasi Baratali aka Gulbog‘ sovxozida hisobchi, nafaqaga chiqqach, umrining oxiriga qadar Qoloq ovul mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lgan. Onasi Qantinisa ona (marhum) uy bekasi edi. Ular farzandlari: Ozoda, Uljanoy (pedagog), Obitali (fermer) va Umaralilarni halol mehnat bilan voyaga yetkazdilar.
Umarali 26 - o‘rta maktabni a’lo baholarda tugatdi - yu, 1980 yili Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyatli bitirgan qahramonimiz 1986 - 1987 yillar Namangan viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasida jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha internaturani o‘tadi. 1990 yildan Mingbuloq tumani markaziy shifoxonasining tramatologiya bo‘limida vrach, travmatolog - ortoped bo‘lib ishlay boshladi.
Tibbiyot shu qadar murakkab va sarhad bilmas sohaki, unda qanchalik ko‘p izlansang, shunchalik ko‘p ilmu hikmat, duru - gavharlarni kashf qilish, shunchalik ko‘p kasallik bilan kurashish yo‘llarini topish mumkin. Zakovatli olim buni yaxshi tushunadi va hech qachon o‘rganishdan charchamaydi.Ko‘nglidagi ishtiyoq Umaralini hamisha tibbiyot olamidagi mo‘jizalardan xabardor bo‘lishga chorlardi.
O‘sha yili Toshkent shahridagi Respublika travmatologiya va or¬topediya ilmiy tekshirish institutiga tanlov asosida klinik ordinaturaga o‘qishga kirdi. Keyingi davr Umaralining shifokorlikda o‘zini kashf qilish yillari bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmas. O‘qishni tugatib, u 1992 yili O‘zTOITOda o‘tkir jarohatlar bo‘limiga kichik ilmiy xodim vazifasida ishga qoldi. 1994 yili “Pestitsidlar bilan surunkali zaharlangan immunostimulyatsiyani reparativ osteogenezga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1996 yili taylov orqali O‘zNIITOda “Kompression - distraktsion osteosintez bo‘limiga katta ilmiy xodim bo‘lib o‘tdi. 1998 - 2001 yillar esa institutning doktoranturasida o‘qidi. 2002 yili “Boldir suyaklarini diafizar sinishlarida davolash usullaridan keyin organizm reaktivligining o‘zgarishi va uni korrektsiya qilish” (klinik - eksperimental ilmiy ish) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2003 yildan buyon tibbiyot fanlari doktori, malakali travmatolog - ortoped Umarali Baratovich Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida Protezlash bo‘limi rahbari lavozimida xizmat qilmoqda. U ushbu yo‘nalish bo‘yicha Ukraina Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya va Polsha davlatlarida malaka oshirib, ular bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Professor Umarali Xanapiyayev 135 tadan ortiq ilmiy tezis va maqolalar, 2ta patent ixtiro, 7 ta ratsionazatorlik taklifi va 7 ga monografiya muallifidir. Protezlash bo‘limida ko‘ngli kemtik, sog‘ligida nuqsoni bor xastalar bilan ishlash, albatta, oson kechmaydi.
Bu yerda 3 ilmiy yo‘nalishda ish olib boriladi:
1. Amputatsiya cho‘ltoqligidan nogironlarni birlamchi protezlashning tahliliy - uslubiy masalalari o‘rganiladi 2. Birlamchi protezlash uchun qarshi ko‘rsatmalarni va protez ortopediya mahsulotlariga nogironlarni muhtojligini Respublika tibbiy - texnik komissiyasi ko‘rib chiqib, xulosalar berish.. 3. Koksartroz kasalliklarida chanoq - son bo‘g‘imini endoprotezlash jarrohlik amaliyotidan keyingi nogironlik masalalari. Umarali Baratovich bu ishlarni zargar misol o‘rganib amaliyotga tadbiq etib kelayotgan iqtidorli shifokor va olimdir.
Umarali aka oila qo‘rg‘onining donishmand bog‘boni hamdir. Rafiqasi Gulnoraxon opa (shifokor) bilan farzandlari: Dilnoza (xuquqshunos), Oybek (iqtisodchi, tadbirkor), Nurbek (Singapur OLIYGOHINI tugatib, G‘uzor tumanida qurilayotgan gazni qayta ish¬lash zavodida mutaxassis) larni voyaga yetkazib el - yurt xizmatiga safarbar etishganlaridan mamnun yashamoqdalar...