Fizika - matematika fanlari nomzodi
1983 yil 9 fevralda Farg‘ona viloyatining hozirgi Qo‘shtepa tumani G‘ishtmon qishlog‘ida tavallud topgan. Tumandagi 14 - umumiy o‘rta talim maktabida va tumandagi 1- litsey – internetda o‘qishni davom ettirib, 2000 yili tamomladi. Shu yili Farg‘ona davlat universitetining matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. 2004 yili tatbiqiy matematika va programmalashtirish kafedrasida “Xosmos integrallarni taqribiy hisoblash usullari” mavzusida bitiruv malakaviy ishi yozdi va uni muvafaqqiyatli himoya qildi . 2004 - 2005 o‘quv yilida hozirgi Qo‘shtepa tumanidagi 1- ixtisoslashtirilgan maktab - internetda matematika fanidan dars berdi. 2005 yilda Farg‘ona davlat universiteti fizika - matematika fakultetining differantsial tenglamalar ixtisosligi bo‘yicha magistraturasiga o‘qishga kirdi. 2007 yil “Yuqori tartibli tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi va magistrlie diplomini oldi. 2007 yil avgustidan Farg‘ona davlat universiteti differentsial tenglamalar kafedrasida assistent lavozimida ish boshladi.
2009 - 2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika va informattsion texnologiyalar instituti aspiranturasini tamomlagan. U fizika - matematika fanlari doktori, professor A. Q. O‘rinov ilmiy rahbarligida 2011 yilda “Kraeviye zadachi dlya parabola – giperbolaicheskix uravneniy s negladkoy liniey izmeniniya tipa” mavzusida 01.01.02 - Differentsial tenglamalar mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.