O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xegay Tatyana Rudolfovna

Xegay Tatyana Rudolfovna    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti katta ilmiy xodimi, Odam genomikasi laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Xegay Tatyana Rudolfovna tibbiy genetika va immunologiya sohasida taniqli olima. Umumiy mehnat staji 18 yil bo‘lib, mazkur vazifada 2011 yildan ishlamoqda.
  Uning ilmiy yo‘nalishlari zamonaviy tibbiy genetikaning dolzarb yo‘nalishi - Markaziy Osiyo tub aholisi genofondlari tuzilishlari sotsiogenetik, filogenetik va evolyutsion xususiyatlarining uyg‘un tavsifini aniqlashga qaratilgan. Olima ishtirokida mahalliy aholini genetik - epidemiologik tekshirish va populyatsiya - genetik omillarning nasliy kasalliklar tarqalishidagi rolini o‘rganish uchun Pomirdan boshlab to Tyan - Shangacha bo‘lgan 6 ta Markaziy Osiyo etnoslariga tegishli 34 ta guruhning biobanki (4000 dan ko‘proq namunalar) tashkil qilindi. Tatyana Rudolfovnaning ilmiy izlanishlari natijasida ishlab chiqilgan analitik platformalar va usullar irsiy patologiya tarqalishi va mahalliy xalqlarning genetik - epidemiologik tekshiruvlarini rejalashtirishda populyatsion - genetik omillar rolini o‘rganish uchun noyob bazani yaratadi.
  Tatyana Xegay 80 dan ortiq ilmiy ishlarni chop etgan, ulardan 4 tasi metodik qo‘llanma, 1 tasi informatsion - metodik qo‘llanma. So‘nggi 3 yilda 30 dan ortiq ishlari nashr etilgan, ulardan 18 tasi xalqaro jurnallarda e’lon qilingan. Bundan tashqari, Tatyana Rudolfovna chop etgan ilmiy ishlari O‘zbekiston Respublikasi olimlari o‘rtasida yuqori qiymatga ega - 75,08 ga teng, bular dunyoning yetakchi ilmiy nashrlaridagi ilmiy maqolalardir (Molecul.Biology Evolution, PNAS, Current biology, Amer. Journal  of Human  Genetics, Europ. Journal of Human Genetics, PLoS ONE, BMC Genetisc va b)
  Tibbiyot fanlari doktori Xegay Tatyana Rudolfovna 2006 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti qoshidagi “Immunogen Test” ilmiy - tashxislash markazida rahbarlik qilib kelmoqda. Uning rahbarligida Markaziy Osiyo xalqlari genofondining ma’lumotlar bazasi va DNK kollektsiyasi yaratilgan. Bundan tashqari,  2014  yilda “O‘zbekiston aholisining genetik pasporti” xalqaro mualdiflik guvohnomasi olingan.
  Tatyana Xegay 2009 yilda “O‘zbekistonda V gepatiti infektsiyasining immunogenetik tavsifi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2014 yilda esa “Markaziy Osiyoning multigenetik landshafti” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini - Tibbiy genetika va Allergologiya, hamda immunologiya mutaxassisliklari bo‘yicha muvaffaqiyatli himoya qilishga erishgan. U O‘zbekiston Respublikasida tibbiy genetika mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi mutaxassis.
  2014  yildan buyon Odam genomikas laboratoriyasi mudiri.
  Tatyana Xegay 2012 yildan buyon O‘zR FA Immunologiya instituti qoshidagi ilmiy kengash va ilmiy seminar a’zosi. Bundan tashqari, Odam genetikasi Yevropa ilmiy jamiyati a’zosi, “Odam, til va tillar paydo bo‘lishi” dasturi bo‘yicha xalqaro konsortsium a’zosi hamda Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha koordinatori, IntePregGen xalqaro loyiha doirasida xalqaro konsortsium a’zosidir.
  Tatyana Rudolfovna 2014 yildagi Xalqaro Fanlar Akademiyasi (TWAS) va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining biologiya yo‘nalishi bo‘yicha mukofotining sovrindori.
  Taniqli olima, tibbiyot fanlari doktori Xegay Tatyana Rudolfovna Respublikamizning tibbiyot sohasidagi ilmiy jamoatchiligi orasida hurmat qozongan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5