O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xodjaqulova Dilorom Imomovna

Xodjaqulova Dilorom Imomovna    Ayol egallagan sohalar ko‘p. Biroq ularning ichida o‘qituvchilik kasbini egallagan ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu uning bolajonligidan, bolalar ta’lim tarbiyasi bilan ko‘proq shug‘ullanganidan bo‘lsa kerak. Nima bo‘lganda ham u kasbiga, bolajonlarga yuragining bir bo‘lagini bera olishi ros. Chin dildan, mas’uliyat bilan ishlar ekan, mehnati ham uni qadrlashi, ortidan yutuqlar, obro‘ - e’tibor olib kelishi tayin. Yurtimiz ravnaqi, yosh avlod ta’lim - tarbiyasi, ilm - fan tarakqiyotiga hissa ko‘shayotgan ilmli, ilg‘or, zukko pedagog - olimalarning mehnatini e’tirof etmay bo‘lmaydi. Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Xodjaqulova Dilorom Imomovna ham ana shunday qalbi olov, ilmiy salohiyati baland bo‘lgan pedagog - olimalardan.
  Dilorom Xodjaqulova Qarshi Davlat Pedagogika institutini tamomlab, o‘z mehnat faoliyatini maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida boshladi. O‘z pedagogik tajribasini oshira bordi, dars o‘tishdati mahorati, chukur ilmi, kasbiga mehri ortidan o‘quvchilarning, jamoaning hurmatini qozondi. Ana shu xislatlari uning pedagogik ilmiy faoliyatida hanuz hamroh.
  Dilorom Xodjaqulova 2006 - 2007 yilda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda rus tili o‘qituvchisi bo‘lib faoliyatini davom ettirdi. So‘ngra Nizomiy nomidagi TDRU qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, “Talaba shaxsi kasbga yo‘nalganligining psixologik xususiyatlari” mavzusida bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  2007 - 2010 yilda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi assistenti, keyinroq “Tillar” kafedrasida mudirlik lavozimida faoliyat yuritdi. Hozirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida kafedra mudiri vazifasini bajarmoqda.
  Xodjaqulova Dilorom Imomovna 2010 “Iedagogik grandlar dasturi – 2010” sovrindori bo‘ldi.
  2011 yilda “Talaba shaxsi kasbiy yo‘nalganligining psixologik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
  Xodjaqulova Dilorom Imomovna tomonidan Respublika ilmiy jurnallarida 50 tadan ortiq maqola va tezislar, jumladan “Talaba shaxsining kasbiy yo‘nalganligi” nomli monografiya, ko‘pgina ilmiy maqolalar, (shulardan 4 tasi Xalqaro xorijiy jurnallarda) chop etilgan. Shuningdek, olima 2 ta o‘kuv qo‘llanma va bir nechta uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.
  2016 yildan buyon ikkita davlat byudjeti loyihasini bajarishda ishtirok etib kelmoqda.
  Olima hozirgi kunda bir qator shogirdlari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
  Dilorom Xodjaqulova Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etishda yangi o‘quv pedagogik texnologiyalariga jiddiy yondashgan holda, ularni qunt bilan o‘rganib, amalda tadbiq qilmoqda.
  Pedagogika fanlari nomzodi Dilorom Xodjakulova ilmiy faoliyatiga mas’uliyat bilan qaraydigan, o‘z ishini sevadigan, talabalarning kasbiy yo‘nalishlariga psixologik yondoshadigan haqiqiy ustoz. U doimo o‘z kasbiy mahorati va ilmiy darajasini oshirishga intiladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5