O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xo‘jayeva Minovarxon

Xo‘jayeva Minovarxon    Xo‘jayeva Minovarxon 1930- yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabni alo baholar bilan tugatgach 1947- yili xotin-qizlar bilim yurtiga o‘qishga kirgan. Xo‘jayeva Minovarxon o‘qish bilan bir vaqtdayoshlar qo‘mitasi kotibi bo‘lib faoliyat yuritgan. O‘qituvchi kasbiga havas uni Toshkentdagi 23- maktabga ishga yetakladi.
    1957- yili Toshkent davlat pedogogika institutining kechki bo‘limini tamomlab O‘rta  Osiyo davlat universiteti (SAGU) ning rus tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida xizmat qila boshlaydi.1961 yili esa Xo‘jayeva Minovarxon Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika  ilmiy –tekshirish instituti aspiranturasiga  qabul qilinadi.Aspiranturani muvaffaqiyatli yakunlab mazkur dargoxda ishga qoladi. Yosh olimdagi intilish, ilmgi tashnalik uning ilmiy maqolalarida namoyon  bo‘ladi. 1966- yili Xo‘jayeva Minovarxon “O‘zbek tilidagi maktabda 6-7 sinf o‘quvchilarining lug‘at bilan ishlashi”mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini oliy darajada ximoya qildi.1968 yili olima Toshkent oliy partiya maktabining rus tili kafedrasini boshqardi. 1971- yildan professor Xo‘jayeva Minovarxon Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika institutiga ishga o‘tib , avval “Milliy guruxlarda rus tili “,keyin “ Rus tili va adabiyotini o‘qitish  o‘qitish uslubi” va “Rus tilshunosligi” kafedralariga rahbarlik qildi.1985- yildan esa prorektor bo‘lib faoliyat yurita boshladi. 1984- yili Minovar To‘xtaxo‘jaeva “ Lingvodidakticheskie osnovq    dvuyazыchnыx uchebnыx slovarey” mavzuida doktorlik ilmiy ishini himoya qilib, 1985- yili professorlik ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    Zakiy olima 17 yil prorektorlik  faoliyati  davomida yuksak darajadagi mutaxassislarni   - fan nomzodlari va doktorlarini yetishtirdi. Bugun ular universitetning  faxriga aylangan.2002- yildan   buyon Xo‘jayeva Minovarxon”Umumiy pedagogika” kafedrasiga rahbarlik qilmoqda. Uning say-harakati bilan kafedraning ilmiy quvvati kuchaydi, etibori oshdi. Professor M.Xo‘jaevnaning hozirda 300 dan ortiq ilmiy ishlari maktablarda qo‘llanib yuksak  natijalarga erishilmoqda. 2007-2009 yillarda malakali murabbiyning 20 ta kitobi nashr etildi. Bu ko‘rsatkichlar olimaning haqiqiy iqtidori sohibi ekanligini ko‘rsatadi.
    Xo‘jayeva Minovarxon oliygoxda ko‘p yillardan buyon nomzodlik va doktorlik ilmiy darajasi bilan taqdirlaydigan maxsus  kengash raisi, o‘rinbosari sifatida  xizmat qildi. Uning rahbarligida oliygoxda birinchi bo‘lib “Pedagogik talim” ilmiy- uslubiy jurnali nashr etila boshlandi....
    2002- yildan buyon Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti foyesiga qadam qo‘yishingiz bilan devorga osilgan peshqadamlar taxtasida professor Xo‘jayeva Minovarxon nomidagi stipendiyaga sazovar bo‘lgan talabalar  suratiga ko‘zingiz tushadi. Bu ham yuksak iqtidor egasi , o‘zbekning dunyo tanigan olima qiziga ko‘rsatilgan ehtiromdir.
    Xo‘jayeva Minovarxon bugun farzandlari Adolatxon (pedagogika fanlari nomzodi), Said –Anvar (huquqshunoslik fanlari nomzodi), Said-Anvar (huquqshunoslik fanlari nomzodi) va to‘rt nabira hamda ikki nabiraning mehridan masrur. Bir ayolga bundan ortiq baxt bo‘lurmi!?
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar20



Tabiiy fanlar5



Filologiya70