O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xo‘jayeva Saodat

Xo‘jayeva Saodat    Saodat Xo‘jayeva taniqli olima, san’atshunoslik nomzodi, kinoshunos, qolaversa, iqtidorli jurnalist hamdir. U 1964 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (avvalgi Toshkent Davlat universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagach, O‘zbekiston Davlat kino qo‘mitasiga rais yordamchisi vazifasiga ishga kirdi. O‘sha kezlardan boshlab respublika matbuotida o‘zbek va xorij kinosi to‘g‘risida maqolalar yoza boshladi. Uning iste’dodli kinorejissyor Elyor Eshmuhamedovning “Nafosat” badiiy filmini tahlil qilib yozgan “Nafosat” nomli dastlabki maqolasi mutaxassislarning yaxshi baxosini oldi. O‘tgan asrning 70 - yillarida Toshkentda har ikki yilda bir bor Xalqaro kinoanjuman o‘tkazilardi. Shunda tadqiqotchi olimlar chet el kinosi ham tadqiq etilishi kerak degan fikrga kelishadi. Sharq mamlakatlari hayoti bizga yaqin bo‘lgani uchun Saodat Xo‘jayeva hind, arab, yapon kinolarini tadqiq eta boshladi. Shu bois u Toshkent Xalqaro kinofestivali hamda Belgiya, Moskva, Hindiston kabi xorijiy yurtlarda o‘tkazilgan Xalqaro festivallarning muntazam ishtirokchisiga aylandi.
  1968 yildan boshlab esa O‘zbekiston televideniyasida “Kino” hamda “Chet el kino yulduzlari” ko‘rsatuvini tayyorlay boshladi. O‘z fikrlari bilan matbuotda tez - tez ko‘rinib turdi. Yana 2 ta qo‘llanma yozdi. Mashhur kinorejissyor Komil Yormatov ijodiga bag‘ishlangan “Mohir san’atkor”, “Osiyo va Afrika kinematografiyasi: muammo va rivojlanish” deb nomlangan qo‘llanmalar bitdi. “Osiyo va Afrika mamlakatlarining 60 —70 - yillar progressiv kinosi” nomli kitobi ham chop etildi.
  1980 yilda Moskvada “Osiyo va Afrika mamlakatlari kinosan’atida progressiv tendentsiyalar” (Toshkent xalqaro kinofestivali materiallari asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Olima 1997 yilga qadar Hamza nomidagi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, so‘ng katta ilmiy xodim vazifalarida ishladi. 1997 — 2002 yillarda “Tasvir” gazetasida bosh muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Ayni vaqtda “Sharq - Press” Nashriyot uyida ijodiy ishlar bo‘yicha direktor muovini vazifasida ishlamoqda.
  Saodatxonim 2003 yilda Amerikada yashab ijod qilayotgan vatandoshimiz Zulfiya Nazar huzurida bo‘ldi va uning ijodi haqida O‘zbekiston televideniasi uchun ko‘rsatuv tayyorladi, maqolalar yozdi. Z.Nazarning “Tafakkur o‘yinlari” kitobiga ishlangan film “Oskar” mukofotini olgan. Saodat Xo‘jayevaning respublika matbuotida hamda Germaniya, Bolgariya, Belgiya kabi xorijiy yurtlarda o‘zbek va xorij kinematografiyasini tahlil etuvchi yuzdan ziyod maqolalari chop etilgan. Ularning har biriga muallif biliminigina emas, qalb qo‘rini ham qo‘shgan.         



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5