O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xoldorov Davronbek Madaminovich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1974 yil 19 yanvarda Farg‘ona viloyati Bag‘dod  tumani Ultarma  qishlog‘ida  tavallud topgan. 1991 yilda tumandagi 20 - o‘rta maktabni tamomlab, shu  yili Farg‘ona davlat universitetining  agrokimyo va  tuproqshunoslik yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. 1996 yilda o‘qishni tamomladi. U 1996 - 1997 yillarda O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy - tadqiqot institutining Ultarma  tayanch punktida  ilmiy xodim sifatida  faoliyatini boshladi. 1997 yildan Farg‘ona davlat universitetiga ishga taklif etildi va tuproqshunoslik kafedrasi  tadqiqotchisi, aspirant , o‘qituvchi , katta  o‘qituvchi, dotsent  lavozimlarida  faoliyat ko‘rsatdi.
  2002 - 2003 yillarda Farg‘ona davlat  universiteti  aspirantura  bo‘limi mudiri, 2009 - 2010 va 2014 - 2015 yillarda tibbiyot geografiya  fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan  o‘rinbosari  lavozimlarida samarali  faoliyat  olib bordi. 2015 yil yanvardan tuproqshunoslik  kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
  D. Xoldorov 2006 yil 5 aprelda  tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot  davlat instituti huzuridagi  D.180.20.01 raqamli  doktorlik  ilmiy darajasini  olish uchun dissertatsiyalar  himoyasi bo‘yicha  ixtisoslashgan Kengashda  “Markaziy  Farg‘onaning  sho‘rlangan  o‘tloqi  saz tuproqlari  va sho‘rxoklari  geokimyosi”  mavzusidagi 03.0027- Tuproqshunoslik ixtisosligi  bo‘yicha  dissertatsiyasini  himoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya  Komissiyasining  qaroriga  muvofiq D. Xoldorovga 2012  yil 18 oktyabrda  dotsent ilmiy unvoni  berildi.
  U kafedraning ilmiy ishlarini  tashkillashda ham faol qatnashadi. Jumladan, kafedra a’zolari  bilan hamkorlikda  A – 7 - 445 raqamli  DITD “Fag‘ona viloyati  sug‘oriladigan tuproqlarining genetik - geografik shakllanish qonuniyatlarini  o‘rganish va yer fondi tavsifi” mavzusidagi  ilmiy - tadqiqot ishlarida qatnashib  kelgan.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5