Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
1939 yil 30 sentyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining Ultarma qishlog‘ida tug‘ilgan. 1957 yili o‘rta maktabni alo baholar bilan tugalladi va shu yili Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo davlat universitetining kimyo fakultetiga o‘qishga kirdi. Oliygoxni 1962 yili tamomladi va shu yili yo‘llanma bilan Farg‘ona davlat pedagogika institutiga o‘qituvchi lavozimiga ishga keldi. Ana shu davrdan to shu kungacha kafedra o‘qituvchisi, kafedra dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. O‘qituvchilik faoliyati mobaynida “Fizik va kolloid kimyo” fanidan talabalarga dars bergan.
T. Xoldorova 1969 - 1972 yillarda Moskva shahridagi P. Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti aspiranturasida o‘qib, 1972 yil 3 oktyabr kuni kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi. 1977 yili kimyo kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini olishga sazovor bo‘ldi.
Shu kunga qadar 30 ta ilmiy – metodik maqolalar elon qilgan. Talabalar uchun 2 ta o‘quv qo‘llanma- “Organik sintez” (tarjima) hamda “Fizik va kolloid ximiyadan mashq va masalalar to‘plami” (1993 yil) muallifidir. Unga 1997 yili “Farg‘ona davlat universitetida xizmat ko‘rsatgan dotsent” faxriy unvoni berilgan.