Biologiya fanlari nomzodi, dotsent
1950 yil 21 avgustda Farg‘ona viloyatining Quva tumani Birlik qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yili Farg‘ona davlat pedagogika oliygohining tibbiyot - geografiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1978 - 1982 yillar davomida Quva tumanidagi 16 - maktabda biologiya va kimyo fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1982 yili O‘zR FA Zoologiya va parazitologiya ilmiy tadqiqot institutining kunduzgi bo‘lim aspiranti bo‘lib o‘qishga kirgan. 1985 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yo‘llanmasi bilan yosh tadqiqotchi sifatida Farg‘ona davlat pedagogika oliygohiga jo‘natilgan. 1985 - 1989 yillar davomida oliygohida xo‘jalik shartnomasi ishlari bo‘yicha ilmiy xodim, katta laborant lavozimlarida ishlagan.
1990 yilda “Krovososuie kleshi aridnoy zone Uzbekistana i meriy borbiy s nimi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1989 - 1990 yillarda maktab gigenasi kafedrasi o‘qituvchisi, 1993 - 1996 yillarda odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, umumiy va regional biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ilmiy - pedagogik faoliyat olib borgan.
Hozirgi kunda zoologiya kafedrasining dotsenti lavozimida talaba - magistrantlariga bilim berib kelmoqda. Qator qo‘llanmalar, ilmiy va uslubiy maqolalar muallifi.