Filologiya fanlari nomzodi Muqaddas Xoliqova 2002 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Uslubiyat, tahrir va internet jurnalisgika” kafedrasida dottsent lavozimida ishlab kelmoqda.
Hozirda jurnalistika fakulteti bakalavriatida rus guruhlarda “Sovremennyx russkiy yaziyk, stilistika i OCHOBBI literaturnogo redaktirovaniya”, “Oratorskoe iskusstvo, yazыk massovoy informatsii” fanlaridan, magistraturada OJKda “Yaziyk, stil SMI i osnovы literaturnogo redaktirovaniya”, “Kultura rechi” fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Har yili bakalavrlarning bitiruv ishlariga va magistrlarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilib keladi. Tajriba almashish, o‘z ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida universitet, respublika miqyosida o‘tqaziladigan ilmiy - amaliy konferentsiyalarda, seminarlarda ilmiy ma’ruzalari bilan faol qatnashib, ilmiy jurnal va ilmiy ishlar to‘plamlarida shu kunga qadar jami 67 ta ilmiy maqola va tezislari e’lon qilingan, hammualliflikda 4 ta o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. 2003 yilda O‘zR Fan va texnologiyalar davlat markazi tomonidan e’lon qilingan byudjet sohibi bo‘lgan.
Muqaddas Xoliqova o‘z ustida doim ishlaydi va muntazam ravishda tajribasini oshirib keladi. U 2004 yil Moskvadagi MDUda o‘z tajribasini oshirib keldi. “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan 2005 yilda Yosh pedagoglarnipg xorijda tajribasini oshirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, byudjet sohibi bo‘ldi.
2006 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasida Muqaddas Xoliqova o‘rindoshlik asosida trener - o‘qituvchilik faoliyatini olib boradi. Sardor yoshlar uchun “Sardorlik” treningi, ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, guruh murabbiylari uchun “Barkamol avlodga yo‘naltirilgan milliy tarbiya texnologiyasi”, professor - o‘qituvchilar uchun tashkil egilgan “Innovatsion pedagogik texnologiyalar” kurslari bo‘yicha seminar - treniglar olib bordi. 2015 yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxgpi pedagogi” tanlovida qatnashib, “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog – tadqiqotchi” nominattsiyasi bo‘yicha respublika bosqichida g‘olib bo‘ldi.
Olimaning mehnat faoliyati va qiziqishlari tilshunoslik (hozirgi zamop rus tili), adabiy tahrir, notiqlik san’ati, ta’lim va tarbiya innovatsion texnologiyalari, psixologiya sohalarini qamrab oladi. Hozirda O‘zMU jurnalistika fakulteti “Uslubiyag, tahrir va internet jurnalistika” kafedrasi dotsenti, universitet uslubiy kengash a’zosi, jurnalistika fakulteti Uslubiy kengash raisi, fakultet Sifat komissiyasi raisi, fakultet Murabbiylar kengashi raisi, O‘zMU Ilmiy kengash a’zosi, 1 - kurs rus guruhi murabbiyi vazifalarini bajarmoqda.
Ish jarayonida Xoliqova Muqaddas Ergashevna topshirilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, o‘z vaqtida, yuqori darajada bajaradi. Rus va o‘zbek tillarini mukammal biladi, tarjimonlik qiladi. Doim o‘z ustida ishlaydi, izlanuvchan. Fakultetda talabalar va ustoz - murabbiylar uchun seminar - treninglarni muntazam o‘tkazadi. Talabalar, fakultet jamoasi orasida obro‘ - e’tiborga sazovor bo‘lib kelmoqda. O‘quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Kamtarin, ammo ish yuritishda qat’iyatli, avvalambor, o‘ziga talabchan. Maqsadi - yetuk jurnalist - kadrlar tayyorlashga hissa qo‘shish, talabalar uchun ibratli ustoz bo‘lish, o‘z yutuqlari bilan marhum ota - onasi ruhlarini shod etish.