Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, dotsent Xoliqova Rahbar Ergashevna o‘z bilimi, mehnati ortidan jamiyatda, ilm olamida o‘z o‘rniga ega zukko olima, komil farzandlarni tarbiya qilib, xonadonini fayzga burkagan oqila ayol.
2011 yildan shu vaqtga qadar “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Dotsent Rahbar Xoliqova “O‘zbekiston tarixi” fanidan yangi texnologiyalar asosida qiziqarli ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Rahbar Ergashevna pedagogik jamoa bilan bir qatorda ilmiy faoliyat ham ko‘rsatmokda. Olima “XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya - Buxoro munosabatlari tarixi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bordi va 2006 yili doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Himoyadan keyin ham respublika va xalqaro ilmiy - nazariy konferentsiyalarda maqolalari va tezislari bilan ishtirok etmoqda. 1 ta monografiya, 14 ta o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, 85 ta maqola va tezislari nashr etilgan.
Kafedra professor - o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda ijtimoiy - gumantar fanlarning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy - amaliy anjumani o‘tkazildi. Shuningdek, kafedrada har o‘quv yilida uning rahbarligida “O‘zbekistonda ijtimoiy - gumantar fanlarning dolzarb muammolari”, “Tarix tafakkuri” ilmiy to‘plamlari nashr ettirib borilmoqda.
U O‘zMU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston tarixi” fanidagi innovatsiyalarni “oliy ta’lim tizimiga tadbiq etish” mavzusidagi ilmiy loyiha ishtirokchisi. Uning rahbarligida 1 ta fan nomzodi tayyorlangan. Hozirgi kunda 1 ta katta ilmiy xodim izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. U O‘zbekiston xotin - qizlar “Olima” uyushmasining boshqaruvi a’zosi.
Kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan kundan boshlab o‘quv jarayoni sifatini oshirishga, professor - o‘qituvchilarning ilmiy - pedagogik va ilmiy - tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga sarflamoqda. Natijada o‘quv jarayonida talabalar davomati ko‘tarildi. Ilmiy - ijodiy muhit shakllantirilgan. Kafedrada u rahbarlik qilgan yillarda 2 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Shuningdek 2 ta aspirant o‘z nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Professor - o‘qiguvchilar tarkibi yosh kadrlar bilan yangilab borilmoqda.
Rahbar Xoliqova Toshkent davlat texnika universitetidagi faoliyati davomida Elektronika va avtomatika fakulteti, universitet Ilmiy kengashi a’zosi.
Dotsent Xoliqova Rahbar Ergashevna tashkilotchilik qobiliyati va yuqori ma’naviy axloqi bilan ham ajralib turadi. U o‘qituvchilar va talabalar bilan tez til topisha oladi. Ularning muammolari bilan qiziqadi. O‘zidagi tajriba, bilim va ko‘nikmalarni o‘z qo‘l ostidagi o‘qituvchilar bilan o‘rtoqlashadi. Ularni birgalikda ishlashga undaydi. Ishchanligi bilan ajralib turadi.
Muntazam o‘tkaziladigan kafedra yigilishlarida rejalashtirilgan tadbirlar nazorati va o‘quv jarayonini, universitet miqyosida va talabalar turar - joylarida olib boriladigan tadbirlar sifatini nazorat qilib boradi. Universitet tomonidai qo‘yilgan topshiriqlarni bajarishda o‘z atrofiga iqtidorli tashabbuskor, kelajagi bor xodimlarni birlashtira olgan. Kafedra o‘qituvchilarini o‘z ustilarida ishlashlariga, ilmiy unvon va ilmiy darajalarni qo‘lga kiritishga undaydi.
Rahbar Xoliqova turli jamoat ishlari va ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi U o‘zining kamtarligi, odamoxunligi, ishbilarmonligi bilan kafedra va universitet jamoasi orasida yetarli darajada obro‘ - e’tiborga ega.
Rahbarxon 4 farzandning onasi. Farzandlari Nazira, Olimjon, Nargizalar o‘qib, oliy ma’lumot olib, o‘z kasbining mahoratli, tajribali mutaxassislari bo‘lib yetishdilar, oilaning kenjasi Nozima esa hali litsey o‘quvchisi. Muhimi farzandlar ota - onadan ilmga intilish, mehnatni qadrlash bilan birga olijanob fazilatlarni ham meros qilib olganlar.