O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xoliyorov Soatmurod

Xoliyorov SoatmurodTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    Soatmurod Xolmirzaevich Xoliyorov - 30 yillik ilmiy - pedagogik faoliyati davomida ustoz - shogird tizimiga sidqidildan yondashgan, kun yillik ilmiy - uslubiy mahoratini ishga solib, yosh avlodni tarbiyalashda ilmiy va ma’naviy hayotda bopщalarga ibrat bo‘lgan, tashabbuskor, izlanuvchan ustoz sifatida ta’lim jarayoniga ligi pedagogik texnologiyalarni joriy etgan olim. Uning qatiy fikrga egaligi, so‘zida sobitligi, ustoz - shogird goyasiga sodiqligi xam da mehnatsevarligi, fikrlarini mulohazalab, tsayta tekshirishi va kelajakka ishonch bilan qarashi ko‘pchilikka ibrat bo‘lgulikdir. Soatmurod Xoliyorov 1957yili Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Xolmirza Xolyarov umrining oxirigacha Termiz davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professori lavozimida ishlab, sakkiz nafar farzandini ham ilmga, o‘zbek tiliga o‘zgacha ixlos ruhida tarbiyalagan. Soatmurodning onasi O‘ngal aya esa uy bekasi bo‘lib, 5 o‘g‘il, 3 qizni andishali, ma’rifatli  va odamparvar bo‘lib voyaga yetishlari uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Ota - onasining ishonchini oqlash uchun Soatmurod avval Sho‘rchi tumanidagi 21 - maktabda, keyin Termiz shahridagi 2 - maktabda o‘qidi va a’lo baholarga bitirdi. 1974 yili Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti me¬xanika fakultetiga o‘kishga kirdi. Otasi Xolmirza akaning ta’¬lim, tarbiyasi o‘z kuchini ko‘rsatdi: oliygohni 1979 yili muvaffaqiyatli yakunlab, fizika matematika fanlari doktori, professor 11.11. To‘raevning tavsiyasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi koshidagi “Kibernetika” ilmiy - ishlab chiqarish birlashmasi “Sifatni boshkarish” laboragoriyasida muhandis - texnolog lavozimida ish boshladi. Texnika fanlari doktori, Professor N.A.Mo‘minov rahbarligida metall kirkish stanoklarida .aniqlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 1982 ¬- 1986 yillarda aspiranturada tahsil oldi. Ilmiy izlanishlarni Moskva shahridagi Mosstankin institutida texnika fanlari dok¬yuri, professor V.G.Mitrofanov rahbarligida va texnika fanlari doktori, professor N.A.Mo‘minov ilmiy konsultantligida davom ettirdi. Natijada 1987 yili “Texnologik strukturalarni loyihalash jarayonini algoritmlash va boshqarish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Qobiliyatli olim Soatmurod Xoliyorov o‘ziga ishonib topshirilgan vazifalarni sidqidildan ado etdi. 1990 - 1991 yillari Termiz davlag pedagogika pktitutida “Mashinasozlik” kafedrasi mudiri, 1991 yildan Toshkent elektrotexnika va aloqa instituti Termiz filiali umumtexnika fakulteti dekani, 1992 yildan Toshkent elektrotexnika va aloqa institut Termiz filiali direktori lavozimlarida ishladi. 1993 yili olimga ko‘p yillik samarali ilmiy - uslubiy faoliyati uchun dotsent ilmiy unvoni berildi. Jonkuyar murabbiy S.X. Xoliyo¬rov 1996 yildan Termiz davlat pedagogika instituti “Industrial pedagogika” fakulteti dekani, 2001 - 2005 yillar Termiz davlat universiteti “Qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” kaferasiga mudir, 2005 - 2009 yilllar mazkur oliygohning texnika va kimyo fakulteti dekani, 2009 - 2015 yilllar universitetining Mehnat ta’limi» kafedrasi dotsenti va 2015 yildan buyon “Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmokda. Salohiyatli olim ilmiy - pedagogik faoliyati davomida talabalarga samarali dars berish bilan  bir qatorda 20 ta o‘kuv - uslubiy o‘llanma, Xalqaro va Respublika ilmiy - uslubiy anjumanlari to‘plamlarida 80 dan  ortik tezis va ilmiy maqolalar chop ettirdi. Ha, 30 yillik  il¬miy  faoliyatiing samarasidir bu muvaffaqiyatlar!!! S.X.Xoliyorov turmush o‘rtog‘i Moxira ona (o‘qituvchi) 4 nafar farzandni voyaga yetkazdilar. Bukun 4 nafar nabirani tarbiyalashda ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5