O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xolmatov O‘rinboy

Xolmatov O‘rinboyPedagogika fanlari nomzodi, dotsent

    1913 yilda Fag‘ona  shahrining  Yangichek  mahallasida  tug‘ildi. Maktabda savodini  chiqargach, 16 yoshida  Farg‘ona pedagogika  texnikumiga  o‘qishga kirdi. Texnikumni  a’lo  baholarga  bitirgan O‘rinboyni shu yerda  ishga  olib qoldilar. Bir yil ishlagandan keyin  bilimini oshirish, oliy ma’lumot olish niyatida  Farg‘ona pedagogika  institutining o‘zbek tili  va  adabiyoti  fakultetiga o‘qishga kirdi. 1937 yilda  institutni muvaffaqiyatli tamomlab,  shahardagi 1 - maktabda dastlab  o‘qituvchi, keyin ilmiy  bo‘lim  mudiri  bo‘lib  ishladi. 1941 yilda u armiya safiga  chaqirildi  va Ikkinchi  Jahon  urushi  janggohlarida  qatnashdi. 1943 yilning  iyul  oyida yarador  bo‘lgan  O‘. Xolmatov  yurtiga qaytdi.
    Urush ko‘rgan bu yigit mas’ul lavozim - to‘qimachilik kombinati firqa tashkilotiga kotib qilib tayinlandi. Bu yerda 3 yil ishlagach, muallimlik faoliyati bilan shug‘ullanish, ilmiy tadqiqot ishi olib borish niyatida Farg‘ona pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga ishga o‘tdi. Bag‘rikeng, xushmuomala va bilimdon mutaxassis O‘. Xolmatov 1953 - 1955 yillarda o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.
    U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda adabiyoto‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bordi. 1962 yilning 20 dekabr kuni pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Sakkiz yillik maktablarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1965 yilda Oliy attestatsiya Komissiyasi qarori bilan dotsentlik unvoni berildi. Shu yili uning “Sakkiz yillik maktablarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganish” deb atalgan monografiyasi bosilib chikdi.
    O‘rinboy Xolmatov chin dan ham yetuk uslubiyotchi olim edi. U shahar va tumanlarda tayanch maktablari tashkil etib, yangi ta’lim - tarbiya usullarini joriy etish, o‘rgatish va o‘rganish ustida muntazam ish olib bordi. Bu sohaga ko‘plab shogirdlari hamda iqtidorli talabalarni ham jalb etdi. U 1963 yildan boshlab institutning tarix - filologiya (1956 yildan fakultet shunday atalgan) fakultetiga dekanlik qildi.
    O‘. Xolmatov 1974 yil 61 yoshida vafot etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5