O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xoshimova Ziynatxon

Xoshimova ZiynatxonBiologiya fanlari doktori

     Ziynatxonning hayot dostoni bo‘lakcha... Otasi Abdusattor aka Qozog‘istonning Chelik tumanidan bo‘lsa, onasi Hojar opa Xitoy Xalk Respublikasining G‘ulja shahridan. Ularni topishtirgan taqdir 1949 yili 25 dekabr G‘ulja shahrida Ziynatxon bilan mukofotladi! Ziynatxon 1958 yili G‘uljadagi Stalin nomli o‘rta maktabga o‘qishga bordi. 1961 yili uning oilasi Qirg‘izistonga ko‘chib ko‘chib o‘tadi. Shu bois Ziynatxon 1968 yili Qirg‘iziston Respublikasining Qorabolta shahridagi Qo‘shtegirmon o‘rta maktabini tugatadi.
    Maktabni muvaffaqiyatli yakunlab, Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetida tahsil oldi. 3 - kursdayok akademik O.S.Sodoщov rahbarligidagi tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida “G‘o‘za o‘simligi genomining muhim xususiyatlari” mavzusida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib bordi. Ziynatxon Abdurahmon Jomiyning bu purmano satrlarini yuragiga jo qilib oldi. Ilm bilan bedor o‘tgan tunlarining adog‘i yoqoldi.
    Olima charchash nimaligini esdan chiqargandi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi mikrobiologiya instituti bazasida “Sog‘lom va vertitsillez bilan kasallangan g‘o‘za DNKsining strukturaviy ahamiyati” mavzusida ilmiy ishini davom ettirdi... Universitetni tugatgan Ziynatxon Hoshimova O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo institutiga ishga yuborildi. Bo‘lajak olima institutda yadro oksillari  laboratoriyasida  ishlash  bilan  birga   aspiranturani   ham muvaffakiyali tugatdi. Olimlar millatning barcha yaxshi fazilatlarini o‘zlarida mujassamlashtiradilar. Olimada ham bu fazilatlar o‘z aksini topgan. Unda avlodlarimizga xos bilimga intilish, dunyo xalqlarining fandagi yutuqlarini o‘zlashtirib, zarurat tug‘ilganda undan fan ravnaqi uchun foydalanish va o‘z madaniyatimiz, ma’rifatimizdagi ilg‘or g‘oyalarnp namoyon kilnsh ishtiyoqi kuchli edi.
    Ishtiyoq bo‘lsa manzil yaqin, deyishganidek, Ziynatxon 1983 yilda “Spinli belgi metoda orqali xromatinning strukturaviy ahamiyatini o‘rganish” mavzusidagi nomzoddik dissertatsiyasini himoya qildi. Tinmay izlanishlar natijasida oqsilning himoya funktsiyasi asosida model yaratildi. Bu fundamental tadtsntsotlar bo‘yicha olima 2011 yilda “G‘o‘za o‘simligining ekstensinsimon oqsillarn” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya kildi. Ziynatxonning keyingi tadqikotlari kantserolitik faollika ega bo‘lgai tabiiy birikmalarni o‘rganish, ular asosida rakka qarshi manbalarni yaratish va dori preparatlarining bioxavfeizligini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ldi. Rakka qarshi faollikni nomoyon etuvchi biologik faol moddalar va ularning ta’sir mexanizmini o‘rganish makeadida test - tizimi yaratdi.
    Hozirgi kunda Z.S.Hoshimova O‘zbekistan Fanlar Akademiyasi A.S.Soditsov nomidagi bioorganik kimyo instituta bioregulyatorlar laboratoriyasida ilmiy tadkikot ishlarini olib bormoqda.Shogirdi K.Qahhorovaning “Oqsil - peptid tabiatli biologik faol moddalarni tahlil qilishda hujayra kulturasi modellarining qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik ishining ilmiy rahbari hisoblanadi.Olimaning mahalliy va Xalqaro jurnallarda 150dan ortiq ilmiy hamda 3 ta obzor maqolasi chop etilgan. Salohiyatli olima Ziynatxon Hoshimova O‘zbekiston Respublikasining 8 ta patent mualliflaridan biri ekanligi ham kalbimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi!



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10