O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xudoyberdiyev Tangriberdi

Xudoyberdiyev Tangriberdi  Biologiya fanlari doktori

    1937 yil 20 avgustda Buxoro viloyati Qorako‘l  tumani Xo‘jakon  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1955 yilda Samarqand  davlat universitetiga  o‘qishga kirgan. Mazkur oliy  o‘quv yurtini 1963 yilda imtiyozli  diplom bilan  tamomlab, shu yili  Farg‘ona davlat pedagogika instituti botanika kafedrasiga ishga yuborilgan. 1967 - 1970 yillar davomda Toshkent davlat  universiteti aspiranturasida  o‘qigan.
  1971 yilda “Oloytog‘i shimoliy  yonbag‘ri o‘simlik   qoplamida   labguldoshlarning  roli” mavzusidagi  nomzodlik dissertatsiyasini, shuningdek, uzoq  yillar davomida  olib borgan ilmiy  izlanishlari yakuni asosida 1997 yilda “ Farg‘ona vodiysi  o‘simlik qoplamidagi   yalpizdoshlar” mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyalarini muvafafaqiyatli  himoya qilgan.
  1972 yildan boshlab botanika kafedrasi  dotsenti, kafedra mudiri (1981 – 1986 - 1991), tibbiyot – geografiya fakulteti dekani o‘rinbosari (1976 - 1981), fakultet dekani, 1997 - 2005 yillar davomida  ekologiya kafedrasi mudiri  lavozimida ishlagan.
  T. Xudoyberdiyev  tomonidan 90 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, ilmiy - uslubiy va uslubiy  qo‘llanmalar  hamda “Oloy tog‘  tizmasi  labguldoshlari”   (1987), “Ekologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2001) nomli  monografilari  chop ettirilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10