O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xudoyberdiyeva Viloyat Jabborovna

Xudoyberdiyeva Viloyat Jabborovna    Dunyoda shunday insonlar  borki, ular o‘zgalar  baxtiga  sherik, dardiga  dardkash bo‘la oladi. Ana shunday  odamlar borligi  uchun  ham dunyoda yashaging keladi, aslida bu ham bizga berilgan umrning nechog‘liq qimmatli ne’matligidan, uni behuda o‘tkazmaslikka da’vat ekanligidan dalolat beradi.
  Yuridik fanlari nomzodi Viloyat opa Xudoyberdiyevani haqli ravishda ana shunday fidoyi ayol, jonkuyar rahbar desak arziydi. Opa qator yillar turli oliygohlarda huquqshunoslik fanidan yoshlarga saboq bergan. 2006 yildan beri Toshkent shahrining qadimiy o‘n ikki darvozasidan biri hisoblanmish – “Beshyog‘och” mahallasida fuqarolar yig‘ini raisasi sifatida faoliyat yuritib, necha minglab odamlar, necha yuzlab oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi, kerak bo‘lganda og‘ir kunida dalda bo‘ldi, shodon kunlarida yelkama - yelka turib quvonchini bo‘lishdi.
  Xudoyberdiyeva Viloyat Jabborovna 1961 yili Buxoroda tug‘ilgan. O‘rta ta’limni Buxorodagi maktabda olgan. Shu o‘rinda aytish joizki, bolalik chog‘idanoq Viloyatxonda liderlik alomatlari mavjud bo‘lib, barcha fanlarni a’lo bahoga o‘zlashtirardi. Zero, bunga oiladagi muhit, ota-onaning ko‘magi, kizlarini bilim olishga to‘g‘ri yo‘naltirganliklari bois maktabni oltin medal bilan tugatib, 1978 yili Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kirdi. 1983 yili o‘qishni imtiyozli tugatdi. Otasi - Xudoyberdiyev Jabbor, qishloq xo‘jaligi institutining “Chorvachilik” fakultetini tugatgan bo‘lib, yaxshigina chorvador edilar. Onasi - Xudoyberdiyeva Nazokat - maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bo‘lib ishlash barobarida qo‘li shirin pazanda, mohir chevar ham bo‘lgan. Nazokatxon aya tikkan narsalarni ko‘rsangiz har biri tarix. Liboslarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi, ko‘pchilikning duosini olgan dilbar ayol bo‘lgan. Turmush o‘rtoqlari bilan birgalikda besh nafar farzandni tarbiyalab, barini oliy ma’lumotli, uch nafarini esa ikki karra oliy ma’lumot olishiga shart-sharoit yaratganlar. Bugungi kunga kelib ularning uch nafari huquqshunosdir.
  Viloyat opaning hayotdagi shiori: “Qo‘lingdan kelsa insonlarga yaxshilik qil, aslo yomonlik qilma”. Ushbu  mezon  opaning  ish jarayoni, rahbarlik faoliyatida  ham  bosh  omilga  aylangan. Mahallada nima ko‘p - tadbir ko‘p. Opa ular¬ning barisiga bosh - qosh, o‘zi uchun esa vaqtni arang topadi. “Insonlarga kerak bo‘lganimga shukr”, - deydi opa kamtarlik bilan. Viloyat opaning barcha xavas qiladigan oilasi bor. Turmush o‘rtog‘i - Haitov Abdumannon bilan birga¬likda bir qiz va bir o‘g‘ilni voyaga yetkazishmokda. Abdu¬mannon aka O‘zMUning huquqshunoslik fakultetini hamda Xalq xo‘jaligi institutini tugatgan. Hozirda Iqtisodiyot universitetida dotsent. Viloyatxonga har taraflama yordamlashadilar. Abdumannon akaning yuzlab ilmiy maqolalari respublika va xorij matbuotida chop etilgan. Bir necha o‘nlab darslik va o‘kuv qo‘llanmalar muallifi. Farzandlari Gulira’no va Mardonjonlarni ham kelajakda ilmli, ziyoli insonlar qilib tarbiyalash ularning orzusi. Gu-lira’no ota - onasi izidan borib huquqshunos bo‘lmoqchi. Mardonjon esa “artist” bo‘laman deydi, kompyuter saboqlarini yaxshi biladi.
  Viloyat opa nihoyatda kamsuqum, kamtar ayol. U hech qachon lavozimi yoxud ilmiy darajasi bilan maqtanmaydi yoki ulardan foydalanmaydi.
  - Esimda, 2006 yili eski binoni buzib, o‘rniga mahalla uchun yangi bino bunyod etganmiz. Mahalla faollari Shoira, Murod aka (marhum) Ozadaxon, yana ko‘plab odamlar yordamida bino qurilib, ishga tushirilganidan keyin bir kuni uyimdan pastga - idoraga qarasam chiroq yoniq. Shu payt yuragimda bir faxrmiey, g‘ururgamiey o‘xshash narsani his qilganman. Ilk bunyodkorlik ishim shu bo‘lgan. Mana, oradan necha yillar o‘tdi. Hozir asosan mahallada yashovchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy saviyalarini boyitish, turmush farovonligini yuksaltirish borasida faollar ko‘magida amaliy ishlar qilmoqdamiz, - deydi opa.
  Opaning bir kunlik ish faoliyatini kuzatib turib, bu ayolning kuchiga, uning jasoratiga rosta, qoyil qoldim. Mahallada maqtansa arzigulik ishlar ham talaygina, jumladan, shu mahallada istiqomat qiluvchi Otabek Usmonov o‘tgan yili Yevropada o‘tkazilgan “Armsterling” bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir mahalla fuqarosi - Pissenov Azamat Osiyoda yoshlar o‘rtasida rassomchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik - tanlovda birinchi o‘rin sohibi bo‘lib, grant asosida oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi, faol yoshlardan yana biri Jabborova Nigora ham rassomchilik bo‘yicha birinchi o‘rinni olib, imtiyozli asosda oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ldi.
  - “Men o‘z faoliyatim davomida insonlar quvonchiga sherikman, tashvishlariga hamdardman. Qadimiy “Beshyog‘och” mahallasining necha yuz yillik tarixi bor. Maqsadim: mahallamizda yashovchi fuqarolarning turmush farovonli¬gini yuksaltirish, mahallamiz hududini ko‘rkamlashtirish, ko‘plab barkamol va bilimli yoshlarni yetishtirish, - deydi opa to‘lqinlanib.
  Mahalla hududini aylanib, bundan besh - olti yilgi manzaradan asar ham qolmaganiga, barcha jabhada yangilanish va yasharish avj olayotganiga, eng muhimi ular Viloyat opa bilan bog‘liq ekaniga guvoh bo‘ldik.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5