O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Xurshid Davron

     Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000). «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
    Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o‘rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar O‘zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi O'zTV Bosh muharriri, "Toshkent", "Yoshlar", "O‘zbekiston" telekanallari direktori vazifasida ishladi.
    Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Qadrdon quyosh" (1979). "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983) "Toʻmarisning koʻzlari" (1984) , "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987) va "Bahordan bir kun oldin" (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
    Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008) , 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
    Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
    Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo‘g‘iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo‘lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar45



Tabiiy fanlar5



Filologiya45