Qiziq, Hamida nechun bu murakkab yo‘lni tanladi? Nechun qizlarga xos, qizlarga mos yo‘ldan yurmadi? Savol ustiga savol tug‘ilaveradi. Va javobni uning tarjimai holida yozilgan bir jumladan topgandek bo‘lamiz: “Men, Hamida Hafizovna Xusnutdinova 1953 - yil Toshkent viloyatida harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilganman”. “Harbiy xizmatchi” so‘zlari tagiga chizib ko‘yilgan. Albatta, alohida diqqat qiling, degan ma’noda bo‘lsa kerak.
Lekin uni to‘g‘ridan - to‘g‘ri samolyotsozlik zavodiga ishlash uchun yubormadilar. Institutning o‘zida olib qoldilar. 1975 — 1977 yillar davomida u ToshPIning Samolyotlar konstruktsiyasi va ularni loyixalash kafedrasida stajyor - tadqiqotchi vazifasini bajardi. Vaqt va egallagan bilimi yangiliklar qilish uchun chorlardi. Hamida 1977 yilda shu institutning kunduzgi bo‘lim aspiranturasiga o‘qishga kirdi. 1978 yildan boshlab esa Moskva Aviatsiya instituti maqsadli aspiranturasida o‘qishni davom ettirdi. Bu uning ilm yo‘lidagi jasoratli qadami edi.
1982 yilda “Uchish apparatlari konstruktsiyasi va ularni loyihalash” mutaxassisligi bo‘yicha dissertatsiya yoqlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Olimaning ilmiy yo‘nalishi yo‘lovchi samolyotlarning yoqilg‘i samaradorligini oshirish muammolari bilan bog‘liqdir.
Hamida Hafizovna 1983 yildan ilmiy - pedagogik faoliyatini o‘z oliygohi Toshkent Politexnika instituti (xozirgi Toshkent Davlat Texnika universiteti)da assistent sifatida boshladi. So‘ngra dotsent sifatida talabalarga saboq berishni o‘zining katta va mas’uliyatli vazifasi deb bildi.
1995 yilda Toshkent Davlat Aviatsiya instituti tashkil etildi. Hamida Hafizovna dastlab tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor etib tayinlandi. Hozirda u ma’naviy - ma’rifny ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar olima - pedagog bugungi kun samolyotsozligi uchun juda muhim bo‘lgan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va o‘quv - qo‘llanmalarni chop ettirgan.
2003 yilda Hamida Xusnutdinovaning “O‘zbekistonda yengil tabdirkor samolyotlari bozori” nomli monografiyasi va boshqa qator kitoblari nashrdan chiqadi.
Murakkab ijodiy kamolot o‘zbek ayolini sira cho‘chitmaydi. Hamidaxon ana shunday zabardast va o‘z - o‘ziga talabchan fidoyilarimizdandir.