O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti “Musiqiy - nazariy fanlar” kafedrasi mudiri, “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi a’lochisi” Yafasova Elvira Usmanovnaning musiqani qalbdan his qilishi, she’rlardagi har bir so‘zni qadrlashi, nafis va go‘zal hisssiyotlari u voyaga yetgan oilasining ta’siridir... U bolalikdan ijodiy muhitda katta bo‘ldi. Otasi Usman Yarullayevich kitoblar mutolasini sevadigan, she’rlar bitadigan, fikri teran, donishmand inson bo‘lgan. Farzandlariga ham har bir so‘zning ma’nosiga yetishni, kitoblarni sevishni o‘rgatdi. Onasi Naila Luqmanovna esa musiqani juda qadrlar, chiroyli ovozi bilan hirgoyi qilganda barchani sel qilardi. Hozir ham 80 yoshni qarshilagan bo‘lsa - da, xalq qo‘shiqlarining mohir ijrochisi. Balki shuning uchun ham Elvira Yafasova bolalikdan so‘z va musiqa birligini his qiladigan, bora - bora o‘zi ham g‘azallar, ruboyilar yozadigan bo‘lgandir... Nima bo‘lganda ham insonning mukamal shakllanishida oilaning o‘rni beqiyos. Hozirda qizi Tamilla ham oila an’anasini davom zttirib, san’at bobida katta muvaffaqiyalarga erishmoqda.
Yafasova Elvira Usmanovna O‘zbekisgon davlat san’at va madaniyat institutida 2012 yildan beri katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. 2014 yildan “Musiqiy - nazariy fanlar” kafedrasi mudirn sifatida faoliyat yuritmoqda.
Elvira Yafasova - musiqashunos, zamonaviy musiqa san’atn va zamonaviy musiqa ta’limi tadqiqotchisi, musiqiy - nazariy fanlarii o‘qitishga ixtisoslashgan.
2000 yildan 2009 yilgacha Respublika musiqa kolleji direktorining ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi muovini lavozimida ishlagan. Pedagog Elvira Yafasovaning bitiruvchilari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Germaniya kabi davlatlarda ta’lim oliishi davom Ettirmoqda. 2005 yildan 2013 yilga qadar O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ilmiy - tadqiqot markazining ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan (o‘rindoshlik asosida).
Musiqa tarixi va nazariyasiga, ta’limning dolzarb muammolariga, musiqani eng yangi tadqiqot uslublariga bag‘ishlangan, xalqaro va respublika jurnallari, to‘plamlari, turli nashrlarda cho etilgan bir qator maqolalar muallifidir. Elvira Yafasova yoshlar o‘rtasida ma’naviy - marifiy ishlar bilan faol shug‘ullanib kelmoqda. Bastakor Ye.Shvarts bilan birgalikda yoshlar uchun musiqiy radioeishttirishlar turkumi boshlovchisi va tashkilotchisidir (2000 yil). O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi bilan birga “O‘zbekiston yosh bastakorlari” birinchi Respublika tanlovi tashkilotchisi (1999 yil); O‘zbekiston - Frantsiya qo‘shma ijodiy loyiha tashabbuskori va tashkilotchisi (2000 yil. Loyiha O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Frantsiya Elchixonasi va “Alyans fransez” Frantsiya madaniyat markazi ko‘magida amalga oshirilgan). O‘zbekistondagi elchixonalar va madaniyat markazlar bilan ijodiy hamkorlik kilish bo‘yicha katta tajribaga ega (2000 - 2009 yillar).
O‘z bilim va tajribasnni tinimsiz takomillashtirib boradi: yosh rahbarlar uchun “O‘quv bilim yurtlarida boshqaruv va ta’lim”, “Iste’dod” Prezident kurslarini tugatganligi to‘g‘risida sertifikatlarga (2005 yil, 2007 yil), “Rivojlantirish intstitutida” direktor o‘rinbosarlari tajribasini oshirish kurslari sertifikatiga (2001 yil), mutaxassislik bo‘yicha tajribani oshirish to‘g‘risida sertifikatlarga (1996, 2008, 2013 yillar) ega.
Hozirgi vaqtda yangi texnik va uslublar ishlatiladigan “Musiqa nazariyasi va solfedjio” o‘quv ko‘llanmasi, “Musiqa nazariyasi” darsligi ustida ish olib bormoqda. “O‘zbekiston musiqiy san’ati kontekstida estrada tarixi va nazariyasi” mavzuidagn doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti uchun musiqiy - nazariy fanlar bo‘yicha o‘quv - uslubiy dasturlar va o‘quv - uslubiy majmualarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Elvira Usmanovna rahbarligida 2014 - 2015 o‘quv yillarida O‘zDSMI talabalari uchun ma’naviyat - ma’rifat yo‘nalishi bo‘yicha “Musiqiy lektoriy” tashkil etilgan.
Elvira Yafasova Respublikada faol manaviy - ma’rifiy faoliyati uchun Shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatlari, Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vazirligi, madaniy markazlar, elchixonalar, Toshkent shahar mahalla qo‘mitalarining faxriy yorliqlari bilan takdirlangan. Rus, o‘zbek va ingliz tillarini biladi. O‘qituvchilar jamoasida va talabalar o‘rtasida hurmatga sazovor.
Elvira - oilali, ikki farzandi, bir nafar nabirasi bor.