O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yakubova Shoxidaxon Qodirovna

Yakubova Shoxidaxon QodirovnaPedagogika fanlari nomzodi, dotsent

    1944 yil 29 noyabrda Qo‘qon shahrida tavallud topgan. 1970 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti  fizika - texnika fakultetini tamomlagan.
    1970 - 1977 yillarda Farg‘ona  politexnikumida mehnat faoliyatini boshlab, 1977 yilda institutning fizika fakultetiga  laborant bo‘lib ishga kelgan. 1979 yildan nazariy  fizika kafedrasi o‘qituvchisi, 1979 - 1992 yillarda Nizomiy  nomidagi Toshkent davlt pedagogika institutida izlanuvchi - tadqiqotchi sifatida ilmiy ish bilan shug‘ullangan.
    1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya  Komissiyasi tomonidan O‘zbekiston FA pedagogika fanlari ilmiy – tadqiqot institutining ixtisoslashgan Kengashida “Izuchenie zakonov soxraneniya energii i massi na mejpredmetnoy osnove v protsesse formirovaniya u shkolnikov predstavleniy o yestestvenno - nauchnoy kartine mira” mavzusida yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasiga pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
    2006 yil 28 dekabrda O‘zbekistan Respublikasi Oliy attestatsiya Komissiyasi ilmiy Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, “O‘qitish nazariyasi va uslubiyoti (fizika)” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
    1980 - 1997 yillarda fakultet xotin - qizlar qo‘mitasi raisasi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
    U “Fizika o‘qitish metodikasi”, “Fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi”, “O‘rta maktab o‘quv kursida fizika eksperimentlarini tashkil etish metodikasi”, “Fizika” kabi fanlardan talabalarga saboq berdi.
    Sh.Q.Yakubova tomonidan 1 ta ixtiro uchun patent olingan. Ilmiy jurnallar va to‘plamlarda 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlari e’lon qilingan. “Materiya, massa va energiya tushunchalarini o‘rta maktab fizika va ximiya kurslarida rivojlantirish» metodik qo‘llanmasi, hammualliflikda “Modda tuzilishi”, “Molekulyar fizika” o‘quv qo‘llanmalari, ham mualliflikda “Itogi nauki” (M.: RAN, 2013, v 5 tomax) monografiyasini chop ettirgan. Hozirda fizika - matematika fakulteti fizika kafedrasida faoliyat ko‘rsatmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5