U ilmga chanqoq, kitoblarga muhabbati kuchli bo‘lgan, mehrli, ziyoli oilada tug‘ilib, voyaga yetdi. Rahbar lavozimlarida ishlasa - da, hamisha oilasi, farzandlari, ijodi uchun vakt toia biladigan bag‘rikeng olijanob inson bo‘lgan otasidan avvalo, o‘z boshlagan ishini oxirigacha yetkazishni, orzulari yo‘lida kurashishni, ilmni qadrlashni o‘rgandi. Ushbu katta xonadonda voyaga yetgan opa - singillarning hammasi ham el - yurtga nafi tegadigan, vijdonli, kasbiga, odamlarga mehrli, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishdilar. Guli Yax’yayeva bolalikdan ko‘p sohalarga qiziqdi, biroq huquqshunoslikni tanladi. Ko‘p yillar shu sohada sidqidildan, halol ishladi va shu xislatlari ortidan obro‘ - e’tibor topdi.
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent Yaxyayeva Guli Haydarovna O‘zbekiston Milliy universitetida 2007 yildan buyon huquqshunos - maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Umumiy mehnag faoliyati esa 36 yilni tashkil etadi.
1979 yilda ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning “Huquqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha o‘kishni imtiyozli ravishda tamomlab, aspiranturaga qabul qilingan. 1983 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya kilgan.
Guli Yax’yayeva 1983 - 1984 yillarda Toshkent shahar sudyasi, 1984 - 2001 yillarda Toshkent shahar advokatlar kollegiyasi advokati, 2001 - 2007 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Fuqarolik protsessi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi, dottsenti lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Dotsent Guli Haydarovna o‘rindoshlik asosida universitetning “Yurisprudentsiya” yo‘nalishi rus guruh talabalariga tegishli fanlar bo‘yicha maruza va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda yuqori darajada o‘tkazadi. U o‘z ustida ishlaydigan, izlanuvchan pedagog hisoblanib, tajribasini doimo oshirib boradi.
Olima Yax’yayeva bitiruv va magistrlik dissertatsiya ishlariga ilmiy rahbarlik qiladi, kafedranipg ilmiy va ilmiy - uslubiy ishlarida faol ishtirok etadi. O‘qiladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot ishchi dasturlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradi.
Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan keyin o‘quv qo‘llanmalar chop ettirgan, ilmiy maqolalar hamda o‘quv dasturlar tayyorlagan.
Yax’yayeva Guli Haydarovna uzoq yillik amaliyot tajribasini Universitet faoliyagida samarali tadbiq etib kelmoqda. Jumladan, turli me’yoriy - huquqiy hujjatlar tayyorlanishida, shu jumladan, universitet Ichki - mehnat tartib qoidalari, mehnat shartnomalari, jamoa shartnomalari, nizomlar, yo‘riqnomalar tuzilipsh va tayyorlaniishda hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda.
Gulp Yax’yaeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevraldagi “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida ta’lim oluvchi yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlash va huquqlarshgi himoya qilishga karatilgan me’yoriy - huquqiy bazani takomillagntirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlarida ijro intizomini o‘rganish bo‘yicha komissiya ishiga jalb etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga binoan tashkil etilgan Vazirlikning Yuridik xizmati Kengashi a’zosi hisoblanadi.
Guli Yax’yayeva Universitet manfaatlarini huquqiy himoya qilgan holda, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idora, tashkilot hamda sud organlarida samarali faoliyat olib bormoqda.
Dotsent Yax’yayeva Guli Haydarovna qayerda ishlamasin ishga sadoqati, ilmiy salohiyati, ish tajribasi, huquqshunoslik sohasidagi chuqur bilimi bilan hurmat va e’zozga ega olima.