Asqarali Yoqubovich Yo‘ldoshev 1952 yilda Namangan viloyati Chust tumanidagi Varzik qishlog‘ida kolxozchi oilasida tug‘ilgan.
1959 yil Chust shahridagi 13 - o‘rta maktabga o‘qishga kirib, 1969 yilda tamomlagan.
1970 - 1972 yillar armiya safida xizmat qilgan. 1973 - 1977 yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining moliya kredit tutaxassisligini tugatgan. 1977 - 1980 yillarda Asaka shahar savdo texnikumi o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1980 yilda yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti aspiranturasiga moliya kredit yo‘nalishi bo‘yicha talabalikka qabul qilindi. 1984 yilda o‘qishni tugatib, institutning moliya kafedrasida assistent lavozimida ishlay boshladi. 1988 yilda “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda moliya kredit dastaklarining roli” (O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari misolida) mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Olmaota xalq xo‘jaligi institutining ilmiy kengashida yokdadi. 1989 yilda Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) katta o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. 1995 yilda institutning ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni tashkil etish kafedrasi mudiri etib saylandi. 2000 yil yanvar oyidan boshlab moliya va kredit kafedrasiga, 2004 yildan esa moliya va buxgalteriya hisobi kafedrasiga mudirlik qilmoqtsa.
1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi unga dotsent ilmiy unvonini berdi.
U 60 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar hamda “Moliyaviy menejment” (Namangan - 2001), “Aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va boshqarish” (Na - mangan - 2001), “Soliqlar va soliqqa tortish” kabi o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan.
1977 yildan beri moliya yo‘nalishidagi fanlardan dars beradi. Dars mashg‘ulotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interaktiv metodlaridan samarali foydalanadi. U bir necha mintaqaviy, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. O‘zbekiston Respublikasi biznes fanlari o‘qituvchilari assotsiatsiyasi Namangan bo‘limi boshlig‘idir.