O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yo‘ldoshev Sharofiddin Sayfiddinovich

Yo‘ldoshev Sharofiddin Sayfiddinovich    Sharofiddin Sayfiddinovich Yщldoshev 1953 yil 5 yanvarda Namangan viloyati Yanginuron tumani Bekobod qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1970 yilda Chortoq shahridagi 1- o‘rta maktabni oltin medal  bilan bitirgan.
    1975 yilda Toshkent davlat universiteti amaliy matematika va mexanika fakultetining mexanika mutaxassisligini “Elastiklik nazariyasi” ixtisosligi bщyicha  tamomlagan.
    1975 — 1984 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida katta laborant, kichik ilmiy xodim, aspirant va katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. O‘ 1982 yilda “Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
    1984 yildan boshlab Toshkent politexnika institutining Namangan filialida (hozirgi NamMPI) materiallar qarshiligi kafedrasida katta o‘qituvchi, qurilish mexanikasi kafedrasining mudiri, qurilish fakultetida dekan muovini, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri, qurilish fakulteti dekani lavozimlarida ishladi.
    Sh. S. Yo‘ldoshev 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.
    U 1999 yil 30 iyunda “Transport vositalaridan hosil bo‘lgan tebranishlarning gruntda tarqalishi va vibratsiyadan himoya qilish sistemalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 2000 yilda unga professor ilmiy unvoni berildi.
    Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish uchun maxsus kengashga topshirilgan.
    Sh. S. Yo‘ldoshev 1999 yildan materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5