Gavharjon Yo‘ldosheva Qoraqalpog‘iston davlat universitetining yuridik fakultetini tugatgan yosh mutaxassia o‘z ish faoliyatini o‘zi o‘qigan o‘quv dargoxidan boshladi, avvaliga o‘qituvchi, so‘ngra dotsent, kafedra mudiri vazifalarida o‘zining iqtidori, bilimini namoyish eta bordi. Yuridik fanlari nomzodi bo‘ldi. Hozirda Toshkent davlat yuridik instituti xalqaro va qiyosiy huquq kafedrasi dotsenti, 70 ga yaqin ilmiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar muallifi. Xalqaro konfrentsiyalarda o‘z maruzalari bilan qatnashib keladi. O‘quv qo‘llanmalari , risolalari qoraqolpoq, rus, ingliz tillarida ham chop etilgan. Uning ilmiy ishlari xalqaro tashkilotlarning grant va turli mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Gavharjon Yo‘ldosheva o‘zi o‘qitayotgan talabalarning ilmli bo‘lishidan tashqari, manaviyati yuksak va dunyo - qarashi keng bo‘lishiga intiladi, ularga avvalo, o‘zi o‘rnak bo‘lishga harakat qiladi. Gavharjon bolalikdan har narsaga qiziquvchan ziyrakkina qiz edi, u yaxshi o‘qish bilan birga sportga, san‘atga, turli tadbirlarni uyushtirishga qiziqar, maktabning eng oldi o‘quvchilaridan edi.Otasi Yo‘ldosh aka va onasi Bibihojar aya esa to‘rttala farzandning hayotda el - yurtga kerakli inson bo‘lishlarini istardilar va ularning yutuqlarini ko‘rib hamisha faxrlanardilar. Gavharjon Yo‘ldoshevaning turmush o‘rtog‘i Izbosarjon ham huquqshunos, ularning farzandlari Alisherbek va Anvarbek ham oilaviy sulolani davom ettirishmoqda. Jajjigina nabiralari Samira esa oilaning quvonchi.