O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Yoqubova Mavluda Iskandarovna o‘z umrini ezgu ishlar bilan bezayotgan, ilmning zahmatlarini chekib, uning ortidagi yutuqlardan bahramand bo‘layotgan, hurmat - e’zoz topayotgan olima ayollardan. O‘z pedagogik faoliyatini 1993 yili ToshDU (Hozirgi O‘zMU)da “Fakultetlararo Falsafa” kafedrasi kabinet mudiri lavozimidan boshlagan, so‘ngra “Falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘kituvchi lavozimlarida o‘z mahorati, tajribasini oshirib borgan. Pedagogik faoliyat bilan birgalikda ilmiy ishlarini davom eattirgan Mavluda Yokubova “Jamiyat tarakkiyotida axborotlashuv va axborot texnologiyalarining ahamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Olima o‘z ustida tinimsiz ishlaydi, izlanadi, mehnat kiladi, yangiliklarni o‘qib - o‘rganishga oshiqadi, bilganlarini kog‘ozga tushirib, ilmiy salohiyatini yuksaltirib boradi. U “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va “Falsafa va fan metodologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 2 ta o‘kuv ko‘llanma va 3 ta uslubiy ko‘llanma muallifi.
Olima tanlangan ilmiy – tadkikot yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta chet el jurnallaridagi maqolalari, 22 dan ortik jurnal makolalari, shuningdek, 85 dan ortik respublika va xalqaro konferentsiyalardagi maqolalarni nashr qilgan.
Mavluda Yokubova yumushlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib keladi, 2005 yildan Rossiya falsafa jamiyati a’zosi. 2009 yildan YuNYeSKO huzurida tashkil qilingan “Faylasuf ayollar” tarmog‘ining a’zosi, O‘zbekiston xogin - qizlar “Olima” uyushmasi a’zosi.
Mavluda Yokubova 14 nafar magistrning magistrlik dissertatsiya ishiga va 54 dan ortik bakalavr talabalarining bitiruv malakaviy ishga ilmiy rahbarlik qilgan.
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” kanalining “Assalom O‘zbekiston”, “Yoshlar” kanalining “Davr” informatsion daturlarida, “Madaniyat va marifat” kanalining “Milliy ta’lim”, Toshkent kanalining “Sog‘lom Toshkent”, “Poytaxt” ko‘rsatuvlarida, O‘zbekiston radiokanalining radioegiitgirishlarida ma’naviy yuksalish, milliy g‘oya targ‘ibotiga oid mavzulardagi suhbatlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Yokubova Mavluda Iskandarovna samimiyligi, o‘z ishiga nisbatan mas’uliyat bilan yondashadigan va ayni paytda kasbdoshlariga, shogirdlariga nisbatan mehribonligi bilan eng avvalo, kafedra, so‘ng ilmiy jamoa orasida hurmatga sazovor inson. Shogirdlariga va talabalarga jonkuyar ustoz.
Zamonaviy o‘zbek ayoli, u jamiyatda yuksak marralarni egallash, o‘z tanlagan kasbi orqali el-yurgga, yurtimiz taraqqyotiga o‘z uluishni ko‘shish barobarida, avvalo ona, xonadoni bekasi ekanini unutmaydi. U ikki ko‘lida ikkisini barobar ko‘tarishga, bariga mas’uliyat bilan qarashga harakat kiladi. Buning uchun undan mehnat, harakat, intilish va sabr - toqat talab qilinadi va yana eng muhimi mehr, tanlagan kasbiga, oilasiga bo‘lgan mehr. Mavludaxon ham ana shu xislatlari ortidan hurmat - e’tibor, ezoz topayotgan olima ayollardan. Zero, bizning mustaqil yurtimizda ayol uchun, uning xotirjam mehnat kilishi, ilm cho‘kkilarini egallash uchun barcha sharoitlar, imkoniyatlar muhayyo.
Mavluda Yokubova oilasining sarishta bekasi, 4 farzandning mehribon onasi.