O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yormuhammedova Dilorom

    Buxoro tibbiyot instituti "Rengenologiya va tibbiyot radiologiyasi" kafedrasining mudiri Yormuhammedova Dilorom1941-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida dunyoga keldi.1970-yilda Samarkand davlat tibbiyot institutini muvaffaqiyatli tugatdi. Dilorom Toshkent Davlat tibbiyot institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyaisga yosh tadqiqotchi sifatida ishga yuborildi, shu laboratoriyada kichik ilmiy hodim bo‘lib ish yuritdi, muttasil buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda translantatsiya usulini qo‘llash borasida tajriba orttirdi. O‘rta Osiyoda birinchi marta o‘tkazilgan buyrakni almashtirish bo‘yicha jarroxlik operatsiyalarida ishtirok etdi.Uning ilmiy izlanishlari ham buyrak kasalliklarini davolash yo‘lida davom etdi. Dissertatsiya yoqlash niyatida tajribali olimlar rahbarligida ko‘plab materiallar to‘pladi.1980-1985 yillarda Moskva, Leningrad shaharlaridagi kurslarda malakasini oshirdi. Toshkent Davlat tibbiyot institutining rengenologiya va radiologiya kafedrasida ishlash bilan birga Dilorom Solijonovna shu institut klinikasining rengenologiya bo‘limi mudiri vazifasini ham bajardi.1991 yilda Buxoro Davlat tibbiyot institutiga ishga keldi. Yangi institutda rentgenologiya va radiologiya kafedrasini tashkil etish, uni kerakli jihozlar, malakali kadrlar bilan ta’minlashda Dilorom opa katta tashkilotchilik qobiliyatini namoyish eta oldi.O‘z orzusi sari dadil intilgan izlanuchan tadqiqotchining niyatlari 1994 yilda amalga oshdi. U tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy unvonini olish uchun dissertatsiya yoqladi.Ayni paytda olima shu institut dotsenti,"Rentgenologiya va radiologiya" kafedrasini boshqarayotir.Dilorom opa o‘z sohasi bo‘yicha o‘n beshdan ortiq ilmiy maqola e’lon qilgan.Oilali, bir farzandni tarbiyalab kamolga yetkazmoqda. Jamoada harakatchanligi, o‘z kasbiga fidoyiligi bilan obro‘ qozongan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar20



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar50



Filologiya20