O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yugay Svetlana Mixaylovna

    Yugay Svetlana Mixaylovna - kimyo fanlari nomzodi, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazida polimerlar kimyosi va fizikasi va fizika - kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasi  boshlig‘i.
  1962 yilda Moskvadagi Neft - kimyo va gaz sanoati institutining kimyo - texnologik fakultetiga o‘qishga kirdi va kimyogar - texnolog sohasi bo‘yicha tugatgach, Paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot institutiga yo‘llanma berildi.
  Ko‘p yillar davomida atsetat tolalari va plenkasi ekspluatatsion xossalarini yaxshilash ustida tadqiqotlar olib bordi. Natijada atsetat tsellyulozasi va sintetik poleuretan kauchugi asosidagi tavsifi sezilarli darajada yaxshilangan tola va plenkalar olish mumkin bo‘lgan tizim ixtiro qilindi.
  Svetlana Mixaylovna 1984 yilda “Atsetat tsellyulozasi va sintetik polimerlar asosida olingan kompozitsion materiallarning tarkibi va ularning yemirilish mexanizmi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. U laboratoriya xodimlari bilan birgalikda past haroratda plenka va tolalarni erituvchi yordamida ishlov berish usulini va bir nechta krio usullarni ishlab chiqarishdi, hamda polimerlarni elektron mikroskop yordamida tekshirishdek murakkab usulni o‘zlashtirdi. Bu tadqiqotlar faqat ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki amaliyotda ham foydalanilmoqda. Shuningdek, kinofotoplenka ishlab chiqaruvchi zavodlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otdi.
  Svetlana Yugay elektron mikroskopiya sohasida, REM - 200, PEM - 100 kabi murakkab asboblarda ishlaydigan yuqori mutaxassis bo‘lib, ushbu asboblarda tadqiq qilish uchun namunalarni tayyorlashning uslublarini o‘zlashtirgan.
  REM usuli yordamida hamda rentgen nurlarining katta va kichik burchaklarda sochilish natijasida dastlabki va modifikatsiyalangan tolalarning cho‘zilishi, ko‘p karrali egilishi va ishqalanishida ro‘y beradigan yemirilish mexanizmini o‘rgandi.
  1994 yildan UzAN “Polimerlar kimyosi va fizikasi” institutida fizikaviy va fizik - kimyoviy tekshirish laboratoriyasida katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi. U bu yerda skanerlovchi elektron mikroskop yordamida polimerlar tuzilmasini o‘rganish uslubini yo‘lga qo‘ydi va moddalarning tabiiy va sintetik polimerlar asosida olingan nanostrukturasini o‘rganishda chuqur izlanishlar olib bordi. Shu davr ichida u rentgenografik tekshiruv usulini o‘zlashtirdi va uni skanerlovchi elektron mikroskop uslubi bilan bog‘ladi. Olima tadqiqotlari natijasida polimerlar aralashmasining mikromorfologiyasi ko‘pgina omillarga - tarkibiy qismlarning nisbatiga, haroratga hamda jarayonning davomiyligiga bog‘liqligini aniqladi.
  2007 yildan hozirgi vaqtgacha Yugay Svetlana Mixaylovna fizikaviy va fizik - kimyoviy tadqiqotlar laboratoriyasiga boshliq bo‘lib ishlab kelmoqda. Laboratoriya tasarrufidagi atomnosilovaya mikroskopiya (ASM), ultra binafsha (UF) va infraqizil (IK) spektroskopiya, optik va elektron (PEM) va (REM) mikroskopiya, rentgen, sorbtsiya, termik analiz usullari (DTA,TGA) YaMR-spektroskopiya, analitik usullari mavjud bo‘lib, ularda tabiiy va sintetik polimerlar asosida olingan moddalarning molekulyar va ust molekulyar tuzilmasini, ularning xossalarini sintez sharoitlari bilan korrelyatsiyasini, modifikatsiya, tarkibi va foydalanish tavsiflari va xususiyatlarini o‘rganish mumkin.
  Svetlana Mixaylovaning ilmiy yutuqlari 150 dan ortiq ilmiy nashrlarda o‘z ifodasini topgan, Xalqaro va Respublika ilmiy anjuman va simpoziumlarda taqdim etilgan hamda polimer materiallari sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.
  Olima o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bekamu ko‘st va muvaffaqiyatli bajaradi, katta ilmiy qiziqish bilan tadqiqotlar olib boradi, laboratoriya uchun yosh mutaxassis kadrlar tayyorlashga jiddiy yondashadi, ilmiy - tadqiqot markazinig jamoa ishlarda faol ishtirok etadi, monitoring guruhi raisi sifatida faoliyat yuritadi.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5