Yuldashev Nabijon 1975- yili Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tavallud topdi. Bo‘ladigan bola boshidan ma'lum deganlaridek, Nabijon maktabda o‘quvchilarning oldi bo‘lib, tuman va viloyatda o‘tkaziladigan fan olimpiadialarida hamisha yuqori ko‘rsatkichlarga erishib qaytardi. Otasi Pirimqul aka va onasi Muhabbatxon opa o‘qituvchi bo‘lishgani uchunmi, maktabda ham , uyda ham ilm borasida juda talabchan edilar. Ota-oananing o‘giti bilan oila azolarning barchasi ziyoli bo‘lib hayotda o‘z o‘rnini topishdi.Dilraboxon Toshkent davlat pedogogika universiteti o‘qituvchisi, Dilnozaxon Hamza tumani 2- bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi shifokori,Maxfiratxon Xatirchi tumani 85- maktab o‘qituvchisi,Bekzodjon tadbirkorlik yo‘lini tutdi. Bu jonfidolik hikmatini Nabijon talabalik chog‘larida ich-ichidan his qildi.Nabijon tumandagi 35-maktabni oltin medal bilan tugatgach 1993 yili 2- Toshkent davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirdi. O‘qish bilan birga ota-onasiga og‘irligi tushmasligi uchun Toshkent shahar Yakkasaroy tumani boshqarmasida ishchi, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘limida qoravul , 2- Toshkent davlat tibbiyot instituti 2- shifoxonasida tibbiyot og‘asi , Toshkent shahar tibbiy tez yordam stantsiyasida feldsher ham bo‘lib ishladi. Mehnatning aybi yo‘qedi. Topgan puliga tibbiyotga oid kitoblar sotib olar , ularni tuni bilan mutolaa qilib chiqardi.Ilm bilan bedor o‘tkazilgan ibir tun uchun yuz karra ibodatning ajri beriladi deyiladi hadislarda. Ha, Nabijonning ibodatlari, mehnatlari bejiz ketmadi..... 2000- yili 2- Toshkent davlat tibbiyot instituti “Umumiy amaliyot shifokori” tayyorlash kafedrasida kardiologiya ixtisosligi bo‘yicha magistraturaga qabul qilindi. Shuningdek, shahar “ Tez yordam “ ida navbatchi shifokor bo‘lib ishladi. 2003 yili magistraturani muvaffaqiyatli yakunlab 2004- yili Respublika ixtisoslashtirilga kardiologiya markaziga tanlov asosidaaspiranturaga qabul qilindi. Ustozi tibbiyot fanlari doktori , professor Ravshan Davlatovich Qurbonov rahbarligida 2007- yili yurak miokard infarktini zamonaviy davolash bo‘yicha nomzodlik dissertatstyasini yoqladi. Shogirdidagi hakimlik iqtidorini ko‘rib ustozning unga nisbatan ishonchi yanada mustahkamlandi, uni , yosh bo‘lishiga qaramay ,” Yurak aritmiyalarini davolash” bo‘limiga boshliq qilib tayinladi. Yosh olim ilmiy izlanishlarini amaliyotdagi natijalari bilan tasdiqlab 2007- yili miokard infarktining neyro gumoral omillarga bog‘liqligini davolashning yangi usullari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.Salohiyatli shifokor 2008- yili “ Yurak airtmiyasining og‘ir turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash va elektrofiziologiya tekshiruvi” bo‘limi mudiri vazivasiga tayinlandi . Yuldashev Nabijon bo‘limda ishlab yurarkan , yurak ishemik kasalligini zamonaviy davolash va tashxislash usullari bo‘yicha tibbiyotda yaratilayotgan yangiliklarni yanada yaxshiroq o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun “ Akademik Ye.N. Meshalkin nomidagi NNIIPK” (Novosibirsk shahri) da malakasini oshirib keldi. 2011- yili Ravshan Davlatovich rahbarligida “Rentgenendovaskulyar jarrohlik”i bo‘limi tashkil qilinib , uni boshqarish Yuldashev Nabijonga topshirildi. Hozirgi paytda malakali kardiolog yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni koronarografiya va stendlash amaliyotiga boshchilik qilmoqda . U mehnat faoliyati davomida mutaxassis sifatida namoyon qildi. Shungdek , jamoaning va kasallarning ham ishonchini qozondi . Bugun Nabijon Yuldashev doktorlik ilmiy ishi ustida izlanarkan , o‘zi ham ustoz sifatida ko‘plab yosh tibbiyotchi olimlarga soha sirlarini jon-dili bilan o‘rgatishga intiladi.Nabijon Yuldashev ibu masuliyatli hamda savobli ish ekanligini yillar davomida his qilib yashayapti.
Yuldashev Nabijon ibratli oilasi bilan ham faxrlanishga haqli .Rafiqasi Xonzodaxon (Toshkent vrachlar malakasini ishirish instituti “Mikrobiologiya” kafedrasi katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi) bilan farzandlari Nazmjon , Nurbekjon ,Zebuniso (maktab o‘quvchilari) ni tarbiyalashmoqda. Orzumand shifokorga biz g‘am bekam baxt tilaymiz.