Biologiya fanlari nomzodi
1979 yil 27 avgustda Farg‘ona tumani Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 2000 yilda Farg‘ona davlat universiteti tibbiyot fakultetini biologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2002 yildan Farg‘ona davlat universiteti fiziologiyasi kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif qilindi.2002 - 2005 yillarda Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasida entomologiya ixtisosligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.
2006 yildan Farg‘ona davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini davom ettirdi. Sh.Yuldasheva 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda 03.00.08 - Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha “Janubiy Farg‘ona sharoitida yong‘oq shiralarining morfo - biologik va ekologik hususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Oliy attestatsiya Komissiyasining 2011 yil 24 noyabrdagi qaroriga ko‘ra biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2013 yildan boshlab ayni kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Sh.Yuldasheva 2015 yildan tibbiyot - geografiya fakulteti xotin - qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.