O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yunusov Adham Yunusovich

    Yunusov Adham Yunusovich (01.07.1910, Toshkent - 16.10.1971) - fiziolog olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950). Oʻrta Osiyo Paxtachilik va ipakchilik intitutini (1932) hamda ToshTI ni (1943) tugatgan. ToshTI, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti, Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti fiziologiya kafedralarida assistent (1932 - 1938), Farmatsevtika instituti fiziologiya kafedrasida dotsent, keyinchalik mudir (1938 - 1949), ToshTI fiziologiya kafedrasi mudiri (1948 - 1952). Oʻzbekiston maorif vaziri (1952 - 1953). Oʻzbekiston FA akademiyasi kotibi (1953 - 1956), Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya instituti (hoz. Fiziologiya instituti) fiziologiya boʻlimi mudiri (1956 - 1971). Ilmiy ishlari odam va hayvon organizmidagi suvtuz almashinuvi regulyatsiyasidagi ovqat hazm qilish aʼzolarining ahamiyatini tekshirish, kimyoviy termoregulyatsiya, yuqori temperaturali sharoitda fiziologik funksiyalar mexanizmining oʻzgarishini oʻrganish va boshqalar ga oid. Yunusov tadqiqotlari asosida issiq sharoitda ishlaydiganlarning tuz isteʼmol qilish meʼyori, qoramoldan meʼda shirasi olish usuli ishlab chiqilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar85



Filologiya5