O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yunusova Farida

Yunusova Farida

     Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruktsiyalari” kafedrasining dotsenti, texnika fanlari nomzodi Yunusova Farida opa oilada oqila ona, suyukli yor, nabiralarining mehribon buvijonisi, ta’lim dargohida talabalarniyu  qadrli ustozidir.
  “Mendagi kimyo faniga bo‘lgan mehrni otam - kimyo fani o‘qituvchisi Rahmonberdi Egamberdiev va maktabdagi ustozim — Maryam ona  uyg‘otishgan. O‘quvchilik yillarimdayoq ilm bilan shug‘ullanish sirlarini otamdan eshitib, katta bo‘lsam fan nomzodi bo‘laman, deb orzu qilardim. Talabalik davrida esa, kundalik daftarim sahifalari ustozlarim haqidagi fikrlarim va qaniydi, men ham shunaqa ustoz bo‘lsam, degan orzu umidlar bilan to‘lib - topgan holda yakunlanar edi”, deb eslaydi Farida opa.
  “Orzuga ayb yo‘q”, deganlaridek Farida ona astoydil o‘qib izlanishlari sababli, ustozlari professorlar — Temir aka Otaqo‘ziev va Mastura ona Iskandarova rahbarliklarida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. “Ustozlarimning ko‘rsatgan yo‘l - yo‘riqlari, bergan bilimlari men uchun dur va javohirlardan ham qimmatlidir”, deydi Yunusova Farida.
  Dotsent Yunusova Farida tashabbuskor, yetuk mutaxassisligi, bilim berishda talabchanligi va shu bilan birga talabalarga mehribonligi, o‘z kasbiga fidoyiligi bilan jamoa o‘rtasida alohida e’tiborga loyiq. Hozirda fakultet xotin - qizlar uyushmasi raisi vazifasini bajarib kelmoqda. Dotsent Yunusova Farida Rahmonberdievna pedagogik faoliyati bilan birgalikda ilmiy izlanishlari, ilmiy ishlarni ham barobar olib boradi. 80 dan ortiq ilmiy maqola, 30 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar muallifidir. U pedagog va olima sifatida shogirdlarining ilmiy izlanishlarida ko‘maqdosh. U o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini zamon ruhi, milliy istiklol g‘oyasi tamoyillari bilan uyg‘un bog‘langan holda talabalarga saboq beradi.
  1990 yilda texnika fanlari doktori, professor T.A. Otaqo‘ziev ilmiy rahbarligida “Portlandtsement va sanoat chiqindilari asosidagi sulfotsement klinkerlarining okdigini oshirish va minerallanish jarayonini jadallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertadayasini himoya qilgan.
  Olima o‘zining ilmiy faoliyatini Gidrotexnik inshootlari va muhandislik konstruktsiyalarini kafedrasining Ilmiy tadqiqot ishlarida “Gidrotexnika qurilishida qo‘llanaladigan betonlar ustivorligini oshirish” mavzusida davom ettirib kelmokda. Ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan natijalarni Xalqaro va Respublika ilmiy - amaliy hamda ilmiy texnik anjumanlarida ma’ruza qilib chop ettirgan.
  Yunusova Farida bakalavriatura talabalariga “Qurilish materiallari”, “Qurilish materiallari va gruntshunoslik”, “Qurilish ishlari asoslari” fanlaridan davlat va rus tillarida ma’ruza o‘qiydi, tajriba hamda amaliy mashg‘ulot darslarini olib boradi. U mazkur fanlar uchun “Fan dasturlari” va “Ishchi dastur”lari hamda qayd etilgan fanlarni o‘qitishda foydalanilayotgan uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar muallifidir. U 20 dan ortiq “Bitiruv malakaviy ishlari”ga rahbarlik qilgan. Magistratura talabalariga ham “Gidromeliorativ qurilishda ishlatiladigan qurilish materiallari va yig‘ma konstruktsiyalar” fanidan saboq berib kelmoqda.
  Dotsent Yunusova Farida 2004 yildan buyon “Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish” fakultetining Ilmiy uslubiy kengashi a’zosi hamda xotin - qizlar qo‘mitasining raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmokda. U Institut miqyosida o‘tkaziladigan barcha ma’daniy va ma’rifiy, madaniy tadbirlar hamda ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish bilan birgalikda talabalarni o‘z vataniga fidoyilik va sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘zi tanlagan kasblariga hamda ilm - fanga mehr qo‘yish, ular ongiga do‘stlik, hamjixatlik, mehnatsevarlik g‘oyalarini singdirishga intilib, o‘quv va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishda faol qatnashib keladi.
  Pedagog - olima yetuk mutaxassisligi, talabalarga bilim berishda talabchanligi va shu bilan birga ularga mehribonligi, o‘z kasbiga fidoyiligi bilan ajralib turadi.
  Faridaxon farzandlariga mehribon ona va g‘amxo‘r qaynona, suyukli rafiqa va nabiralarining sevimli buvijonisidir. Turmush o‘rtog‘i Mirjalil aka Toshkent kimyo - texnologiya instituti professori, Faridaxonga doimo mehribon, hamfikr hamda suyanchiq bo‘lib kelmoqda. Bu ahil xonadonda voyaga yetayotgan farzandlar, nabiralar ham mehrning taftidan bahra olib o‘sib - unmoqdalar. Zero, ota - onaning hayoti, olib borayotgan ishlari, dunyoqarashlari, ezguliklari farzandlar uchun hamisha katta ibrat maktabidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5