O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yunusova Manzura

Yunusova Manzura

     Mustaqillik keltirgan nemat – hurlik  xalqimizni  farovon hayotga yetakladi, qadim ulug‘vor  tariximiz tiklandi, buyuk  ajdodlarimizning  o‘lmas  merosi  yosh avlod  manaviyatini  qaror  toptirishga asos  bo‘ldi. Shuningdek, xotin - qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni yuksaldi, onalik martabasi qadr topdi.
    Mamlakatimizda olib borilayotan ijobiy islohotlarda ayollar o‘rni beqiyos. Ular o‘z faoliyatlari bilan ishtirok etmagan jabha yo‘q. Ayollar bor joyda go‘zallik, nafosat hukmron.
    Qahramonimiz olima, siyosiy fanlar nomzodi Manzuraxon Fazliddinovna Yunusova hayotining yigirma yili Andijon davlat universiteti bilan bog‘liq bo‘lsa, yaqin o‘n yili esa viloyatdagi xotin - qizlarning yetakchisi maqomida ularni ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotga intilishlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
    U 1971 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tavallud topdi. Tumandagi umumta’lim maktabini namunali bitirib, Andijon elektroapparat zavodiga yig‘uvchi-chilangarlik vazifasiga ishga kirdi.
    Manzuraxon ilmga juda chanqoq edi. Bu ishtiyok uni oliygohga olib keldi, imtihonlardan muvaffakiyatli o‘tib, 1989 yilda Andijon davlat pedagogika instituti (hozirda Andijon davlat universiteti)ning tarix, huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi.
    Uning serg‘ayrat, izlanuvchan talaba ekanligi unga oliygohdayoq e’tirof keltirdi.
    Manzuraxon Yunusova 1994 yilda universitetni tamomlab, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi assistentligiga tayinlandi. Ilm yo‘lini tanlagan yosh mutaxassis 1999 - 2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi aspiranturasida tahsil oldi.
    Akademiya qoshidagi ixtisoslashgan kengashda siyosiy fanlar (siyosiy institutlar va jarayonlar ixtisosligi) bo‘yicha “O‘zbekistonda siyosiy institutlar faoliyatini erkinlashtirish jarayonlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
    U 2002 - 2004 yillarda Andijon davlat universitetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, 2004 - 2008 yillarda kafedraning katta o‘qituvchisi, 2008 - 2010 yillarda kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qildi.
    Manzuraxon Pazlidtsinovna amaliyoti davomida yoshlarni chuqur bilim olib, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari muhim ekanliklarini uqtirdi, ularni har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishlari yo‘lida sa’y - harakatlarni amalga oshirdi. U yosh ham ustozlik qilib, ularning tadqiqot ishlarida ko‘maklashdi, natijada, uning rahbarligida ikki nafar aspirant ilmiy ishini muvaffaqiyatli yoqladi.
    Manzura Yunusova yakin yillardan beri viloyat xotin - qizlar qo‘mitasi raisi va viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib, bu o‘ta mas’uliyatli vazifani ibratli tarzda uddalamoqda. Viloyatda ona va bola muhofazasi, sog‘lom turmushni shakllantirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish uchun joylardagi QVPlarda “Yosh ota - onalar maktabi”, litsey va kollejlarda “Salomatlik burchak”lari tashkil etish borasida qator yutuqlarga erishdi.
    Manzuraxon Pazliddinovna viloyatda xotin - qizlar sportini rivojlantirish masalasi bo‘yicha ayollarning barcha qatlamlari ishtirok etayotgan musobaqalarda dilbar ayollarimizni ruhlantirayotgani sababli sportchi ayollar nufuzi oshib bormoqda. Viloyatning barcha hududlarida “Sport malikasi”, “Kamolot" malikasi” tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda.
    M.Yunusova olib borayotgan ishlari viloyatda tashkil etilgan “Fermer ayollar”, “Olima ayollar”, “Ijodkor ayollar” uyushmalari, barcha partiyalarning “Ayollar qanoti” faollari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Zulfiyaxonim izdoshlari” klubi faoliyati bilan uyg‘undir.
    Fidoyi olima, xotin - qizlarning jonkuyar rahbari “Sog‘lom oila - mustahkam jamiyat - barqaror mamlakat” tamoyili ostida joylarda turmush yoshidagi qizlarni oilaga tayyorlash, erta nikohlarning oldini olish, oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish amaliyotlariga katta e’tibor bilan qarab, porloq kelajak sohiblarini har tomonlama yetuk barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarini ko‘zlaydi.
    Kasb - hunar kollejlari bitiruvchilarini biznesga jalb etish va bandligini ta’minlash bo‘yicha ham alohida shug‘ullanib, ularning ishlarini tashkil etishga yordam bermoqda.
    Uning atrofidagi faol “Ayollar guruhi” a’zolari ko‘- kalamzorlashtirish, obodonchilik, aholi tomorqa maydonlaridan samarali foydalanishi kerakligini targ‘ib qilmoqdalar.
    Viloyat umumta’lim maktablarida ish olib borayotgan “Orasta qizlar” to‘garaklarida tibbiy - ma’rifiy savodxonlikni oshirish, ularni turli mafkuraviy taxdidlardan asrash, dunyoqarashni to‘g‘ri shakllantirish yo‘nalishida mashg‘ulotlar olib borilib, mazmun - mohiyati o‘sib kelayotgan yosh o‘kuvchi - qizlarga singdirilmoqda.
    Manzuraxonning turmush o‘rtog‘i Yunusov Rustam Yusufjonovich bilan totuv oilasida kamolga yetgan ikki nafar qizlari - Nargizaxon, Nilufarxonlar o‘z uylarining sevimli bekalari.
    Ona yurtga sadoqatni ko‘ksida saqlab, ijodiy va amaliy kamolot cho‘qqisi sari ildam borayotgan qahramonimizga fayziyob umr, tog‘dek ofiyat, bardavom omad tilab qolamiz.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5