O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yunusova Xolida Mannonovna

Yunusova Xolida Mannonovna    Yunusova Xolida Mannonovna 1957 yilning 9 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1976 yilda Oxunboboyev nomidagi Respublika Tibbiyot bilim yurtini, 1982 yilda esa Toshkent Farmatsevtika institutini bitirib, provizor mutaxassisligini olgan. Uning ilm - fanga bo‘lgan qiziqishi shu qadar kuchli ediki, oliy o‘quv yurtini tamomlagach, xayotini ilmga bag‘ishlashga qaror qildi. Ilmiy ish olib, mavzuni atroflicha o‘rgandi. O‘qidi va izlandi. Ustozlarning sabog‘i va maslahatini bajonidil tinglab, 1994 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ammo shu bilan chegaralanib qolmadi. Odamning qalbi yangilikka intilishdan qolmas ekan, u neki mehnat qilsin, mevasini ko‘radi, xosilini yig‘adi. Xolida Yunusova 1998 yilda “Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari yaratish va ularning ilmiy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bugungi kunda uning rahbarligida bir doktorlik ishi va bir nomzodlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy  tadqiqotlar olib borilmoqda, bir nomzodlik ishi esa muvaffaqiyatli ximoya qilingan. Demakki, u o‘z shogirdlariga ega. X. Yunusova xar yili 4 — 5 nafar talabaning malakaviy bitiruv ishiga xam raxbarlik qiladi. 1998 yildan buyon farmatsevtika fanlari doktori X.Yunusova tomonidan aloxida yo‘nalishda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining 2002 yilgi qaroriga binoan tanlov sovrindori sifatida maxsus diplom bilan taqdirlangan. “Shavkatli mexnat uchun” medali sovrindori Xolida Yunusova shuningdek, bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligining faxriy yorliqlari balan taqdirlangan. Ammo bulardanda qadirliroq unvoni bor uning — bu xamkasblarining xurmati, izzati, shogirdlarining ishonchi va e’zozidir.
  U atrofdagilarga mexribon, talabalarning shart - sharoitidan doim boxabar yuradi. Jamoani baxamjixat qilish asosiy maqsadi. Xolida Yunusovaning ajoyib xususiyati bor - fikrini tez o‘zgartirmaydi. Avvalo, biror qarorga kelishidan avval o‘ylaydi, so‘tng so‘ylaydi. O‘z fikri, qarashi himoya eta oladi. Shu sabab ham ortidan odamlarni ergashtira olishdek qobiliyatga ega. Bu esa uning ishida juda kerak.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5