O‘zbekiston Milliy universitetining “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchisi Yunusova Xurshida Erkinovnaning umumiy mehnat faoliyati 26 yil bo‘lsa, shundan 20 yili ana shu qadrdon universitet bilan bog‘langan. Shu yillar mobaynida uning pedagogik mahorati osha bordi, o‘z ustida tinmay ishladi, ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari natijasi bo‘lgan ilmiy ishlari bilan ko‘zga ko‘ringan olimalar qatoridan o‘rin oldi. Bugun uning o‘zi ustoz darajasiga yetgan. O‘ nafaqat talabalarga balki yosh pedagog va ilmiy ish qilayotgan yoshlardan vaqtini ham, maslahatini ham, olgan ilmlarini ham ayamaydi. Chunki ilm katta bir xazinaki, uni yiqqaning sayin ko‘payib boradi, berganing sayin aslo kamaymaydi.
Yunusova Xurshida 1994 - 1995 yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining tarix fakultetida o‘qituvchi, 1996 yilda O‘zMO‘ning tarix fakultetida pedagogik, ilmiy faoliyat boshlagan. Avvaliga, “Fakultetlararo O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fakulteti doktoranti, so‘ngra dotsenti, kafedrada professor vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan.
2012 - 2014 yillar O‘zbekiston Milliy universiteti “Tarix” kafedrasi mudiri, 2014 yildan bugungi kungacha “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlab kelmokda.
1995 yilda O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “1892 yil Toshkent qo‘zg‘aloni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2009 yilda “XX asrning 80 - yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar va ma’naviy hayot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Xurshida Yunusova 1998 yildan 2012 yilga qadar "Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari (Prezident I.Karimov asarlari bo‘yicha)" aspirant va tadqiqotchilar uchun maxsus imtihon komissiyasga ilmiy kotibi bo‘lgan.
Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi ILMIY darajasini olish uchun Ixtisoslashgan Kengash qoshidagi ilmiy seminar va kengash a’zosi bo‘lgan 2012 yildan O‘zbekiston Respublikasi OLIY va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoachilik kengashi a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabridagi 365-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan doktorlik malakaviy imtihoni ilmiy kotibi.
O‘zbekiston tarixi - Ixtisosligi bo‘yicha maxsus seminar (2013) va maxsus kengash (2015 )mas’ul kotibi.
XX asrning 80 - yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy - iqtisodiy hayoti va ma’naviy jarayonlariga bag‘ishlangan 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifidir.
Yunusova Xurshida Erkinovna darslarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan unumli foydalanib slaydlardan foydalangan holda, aqliy hujum bumerang metodlarini ishlatib dars o‘tadi.
Olima pedagogik faoliyati davomida fakul tet bakalavriat va magistratura talabalarini ma’ruza o‘qiydigan fanlardan ishchi o‘quv reja tayyorlab, amaliy mashg‘ulotlarni olib boradi. O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritishda davlat siyosatining roli va erishilgan yutuqlarini o‘rganib, yoshlarga ta’lim berishda olim sifatida hurmat qozongan.
Fakultet va universitetda o‘tkaziladigan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etadi Albatta, har bir narsani o‘z vaqtida bajarish, buning uchun esa vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilish, ayniqsa, yumushlari talay va biri-biridan muhim bo‘lgan pedagog, olima, rahbar ayol uchun juda muhim. Xurshida Erkinovna esa bularning bariga ulgurishga harakat qiladi, chunki u har bir ishni mehr bilan, katta mas’uliya bilan bajaradi. Balki yutuqlari garovi ham shundadir.