O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yunusova Yuliya

Yunusova Yuliya    Yuliya Yunusova (Jabborova) 1939 yilning 1 - yanvarida Samarqand shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. 1955 yilda 43 - maktabni tugatib, Samarqand Tibbiyot institutiga o‘qishga kirmoqchi bo‘ldi, ammo kira olmadi. Yil davomida choy qadoqlash korxonasi litografiyasida mehnat qilishga to‘g‘ri keldi. 1956 yilda Jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirdi.
  Yuliya Musinovna o‘qishni mashg‘ulotlar, jamoat topshiriqlari bilan barobar olib borib, 1960 yilda uni a’lo baholarga tugatdi. Gimnastika bo‘yicha sport ustaligiga nomzod bo‘ldi. Bir necha yil mobaynida “Spartak” jamoasi sharafini himoya qildi.
  60 - yillarda sport fiziologiyasi fanining asoschilardan biri hisoblangan professor A.Ya.Yarotskiy (Leningrad) institutda aspirantura ochilishiga bosh - qosh bo‘ldi. Dastlab aspiranturaga 4 kishi, jumladan, umidli yosh mutaxassis Yuliya xam qabul qilindi.
  1970 yilda Yuliya Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Odam fiziologiyasi kafedrasida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu o‘zbek ayolining sport sohasida bajargan birinchi yirik ilmiy ishi edi.
  Yuliya Musinovna 12 yil davomida O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Soha mutaxassislariniig har yili goh Moskvada, goh Xabarovskda, goh Omskda o‘tkazilgan anjumanlari natijasi o‘laroq jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti haqida mumtoz darslik yaratishga erishildi. Bu darslikdan talabalarning ko‘p avlodi foydalanib kelmoqda.
  10 yil mobaynida Yu.M.Yunusova institutda o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalariga rahbarlik qildi. Olima respublika “Bilim” jamiyatining a’zosi sifatida juda ko‘p o‘quv muassasalarida, korxonalarda, chekka qishloqlarda ma’ruzalar o‘qidi. U qator - qator shogirdlar yetishtirdi, ulardan 4 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
  Yu. M. Yunusova 140 dan ortiq ilmiy maqola, o‘nlab o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar muallifi. Uning “Sport trenirovkasi asoslari”, “Sport faoliyatining nazariy asoslari”, “Organizatsiya i metodika uroka fizkultur v obsheobrazovatelniyx shkolax Ruz”, “Osnovm metodiki fizicheskoy kulturom” singari o‘quv qo‘llanmalaridan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Olima O‘zbekiston respublikasi Davlat Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi qoshidagi Respublika ilmiy - uslubiy kengashi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi, amaldagi “Alpomish” va “Barchinoy” me’yoriy testlarining muallifi, “Alpomish” hamda “To‘maris” sport festivallari tashkilotchilaridan biridir. Hozirgi kunda Yuliya Yunusova Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlamoqda.
  O‘z oilasini Yuliya Musinovna kichkina ilmiy markaz deb ataydi. Turmush o‘rtog‘i To‘lqin Tojiyevich Yunusov — O‘zDJTI professori, sport o‘yinlari fakulteti dekani, ajoyib inson, ko‘p yillik hamkori, hamnafasi. Bu oilada hamma sportni sevadi, sportsiz hayotini tasavvur etolmaydi.
  Yuragida o‘ti bor Yuliya Musinovna jismoniy tarbiya va sportning rivoji yo‘lida hali ham charchamay mehnat qilmoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5