O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yusupov Karimjon

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1916 yil 18 yanvarda Andijon viloyati Asaka  tumanidagi  Katta tojik  qishlog‘ida tug‘ilgan. 1930 - 1937 yillarda  qishloqdagi  maktabda, 1937 - 1940 yillarda Andijon shahridagi  pedagogika  institutida, 1948 - 1950 yilarida Farg‘ona  davlat pedagogika   instituti  til va adabiyot fakultetida , 1952 - 1958 yillarda  O‘zbekiston  Fanlar akademiyasi  Alisher Navoiy nomidagi  Til va adabiyot instituti  aspiranturasida  tahsil olgan.
  Ustozning 1950 yildan to  umrining  oxiriga qadar bo‘lgan  ilmiy - pedagogik  faoliyati  Farg‘ona  davlat universiteti bilan bog‘langan edi. U dastlab tilshunoslik kafedrasida o‘qituvchi, 1960yildan dotsent vazifalarida ishlagan. 1961 - 1963 yillar davomda  Fag‘ona davat pedagogika  instituti  o‘quv shlari  bo‘yicha prorektori 1964 - 1970 yillarda filologiya fakulteti dekani, 1971 - 1978 yillarda esa o‘zbek tili kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
  K. Yusupov professor K. K. Yudaxin ilmiy rahbarligida o‘zbek va tojik tillarining tipologiyasi muammolariga doyr tadqiqot olib borib, 1958 yilda “Uzbekistan Fayl ar akademiyasi huzuridagi ilmiy Kengashda O‘zbek va tojik tillarining o‘zaro aloqasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy izlanishlari natijasi sifatida 3 ta monografiya, o‘zbek va tojik tillarining turli xususiyatlariga doyr 8 ta risola, 90 ga yaqin ilmiy, 100 dan ortiq ilmiy - ommabop maqolalar respublikamiz hamda qo‘shni respublikalar jurnallari, ilmiy - nazariy anjumanlari to‘plamlarida chop etilgan.
  O‘zbek, tojik tillari bo‘yicha yetuk mutaxassis, olim, mohir tashkilotchi, pedagog, minglab shogirdlar ustozi bo‘lgan Karimjon Yusupov 2009 yil 19 dekabr kuni 94 yoshida vafot etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80