O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yusupov Mamasiddiq

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent

    1928 yil 10 sentyabrda Andijon shahrida  tug‘ilgan. Fag‘ona davlat pedagogika instituti geografiya  fakultetini 1950 yilda tugatib, 1954 yildan boshlab  mazkur  oliy o‘quv yurtida  ish boshlagan.  M. Yusupov  Leningrad davlat  universitetining aspiranturasiga  o‘qishga kirdi  va 1958 yildap “Andijon viloyatining  iqtisodiy - geografik   harakteristikasi” mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini yoqladi.
  Farg‘ona davlat pedagogika institutida  1964 - 1965  yillarda geografiya  kafedrasida  katta o‘qituvchi,  kafedra mudiri  lavozimlarida ishladi. Shuningdek, 1960 - 1964 yillarda  tibbiyot geografiya  fakulteti dekani, 1964 - 1990 yillarda Andijon  davlat  pedagogika   instituti geografiya   kafedrasi  dotsenti va  mudiri, 1991 yildan  Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiy  va sotsial  geografiya  kafedrasining  mudiri lavozimlarida  ishlab keldi.
  M. Yusupov Andijon viloyati iqtisodiy  geografiyasiga  oid tadqiqotlar  olib bordi. Uning ilmiy - tadqiqot ishlari Farg‘ona  va Andijon viloyatlarida  qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini  oqilona  joylashtirish va rejalashtirishda  muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu muammolarni hal qilish  yo‘llari M. Yusupovning  1975 yilda nashr qilingan  “Farg‘ona vodiysining  aholisi  va mehnat resurslari,  ulardan samarali  foydalanish masalalari” nomli  monografiyasida o‘z aksini  topgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5