Fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent
1985 yil 27 aprelda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 1976 yilda Farg‘ona davldat pedagogika instituti matematika fakultetiga o‘qishga kirdi va 1980 yilda imtiyozli diplom bilan tugatdi. Shu yili Toshkent davlat pedagogika instituti sirtqi aspiranturaga o‘qishga kirdi. 1981 - 1988 yillarda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti Farg‘ona filiali oliy matematika kafedrasi katta laboranti, 1988 - 1990 yillarda Farg‘ona viloyati ko‘r – saqovlar maktabida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 1990 yildan Farg‘ona davlat universiteti oliy matematika kafedrasiga ishga keldi.
1994 yilda O‘zR FA Matematika instituti ixtisoslashgan Kengashida akademik T.A. Azlarov ilmiy rahbarligida “Bazi diskret taqsimotlar asimptotik hususiyatlari uchun minimaks masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va 01.01.05 - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika yo‘nalishida fizika - matematika fanalari nomzodi ilmiy darajasini 2004 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi.
2002 - 2005 yillarda matematika fakulteti dekanining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2006 - 2009 yillarda umuiy matematika kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
2012 yilda xammualiflikda yozgan “Matematika” o‘quv qo‘llanmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, Xalq talimi vazriklari “Istedod” jamg‘armasining “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti” respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi va II darajali diplom bilan taqdirlangan. U xalqaro MDX davlatlari va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, kongress va simpoziumlarda ilmiy maruzalar faol bilan qatnashib kelmoqda.