O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Yusupova Malikaxon Botiraliyevna

    Bolalikdan hisob - kitob ishlariga qiziqsa soz bo‘larkan. Maktabda ham o‘qish oson, kelajak yo‘lini tanlash ham. Malikaxon (1963 yil 4 mayda Andijonda tug‘ilgan) o‘rta maktabni bitirgach, to‘g‘ri Toshkent Xalq xo‘jaligi institutining Andijon filiali kechki bo‘limiga bordi. Avvaliga texnik - chizmachi bo‘lib ishlagan bo‘lsa, keyinchalik tarmoq hisoblash markazida operator bo‘ldi. So‘ngra 28 - Ko‘prik qurilish boshqarmasida xazinachi, buxgalter lavozimlarida ishladi. Bu orada oliygohni tamomlab, shu tashkilotning katta iqtisodchisi bo‘ldi. 1986 yil oktyabr oyida o‘zi tugatgan institut Andijon filialining Buxgalteriya hisobi, moliya va statistika kafedrasiga tanlov asosida assistentlikka qabul qilindi. U Asakalik muhandis, hozirda “Asakatekstil” hissadorlik jamiyatida bosh iqtisodchi bo‘lib ishlayotgan F. Yusupovga turmushga chiqqan vaqtida (1987) izlanishlarini boshlagan va nomzodlik imtihonlarini topshirayotgan edi. Furqatbek Malikaxonni har tomonlama qo‘llab - quvvatladi. O‘g‘illari Boburjonning tug‘ilishi ular oilasiga yanada kuchli muhabbat va baxt olib keldi.
    Malikaxon Yusupova 1990 yilda Moskva Davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti aspiranturasiga o‘qishga kirdi va 1993 yilning 7 may kuni “Ip gazlama ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sotish va moliyaviy natijalar hisobi” mavzusida nomzodlik ishini yoqladi. Andijonga qaytgan Malikaxon orada yana qizaloqli bo‘ldi. Hozirda u Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi dotsentidir. Ayni vaqtda ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham ishlab kelmoqda. U o‘z sohasida doimo yangiliklar va yengilliklar yaratishga urinadi. Gazeta va jurnallarda maqolalar, tezislar e’lon qilib turadi. 1999 yilda uning “Moliyaviy hisob tamoyillari” (G.Jumaboyev bilan hamkorlikda) kitobi nashr etildi. Shu kunlarda oliy ta’lim tizimida o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, kafedra dotsentlari E.Mo‘ydinov, B.Soliyevlar bilan birgalikda tayyorlangan “Moliyaviy hisob” nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etilish arafasida. Moliyaviy hisob fanidan o‘quv dasturi, Buhgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit fanidan o‘quv dasturi va yana qator shu sohadagi o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar muallifi hamdir. Malikaxon Botiraliyevna o‘qituvchilik faoliyatini institutdan tashqari O‘zbekiston Biznes fanlar o‘qituvchilari assotsiatsiyasi murabbiysi sifatida ham amalga oshirmoqda. Hozir shu assotsiatsiya Andijon bo‘limi direktori sifatida YuSAIDning “Tadbirkorlikni rivojlantirish” loyihasi asosida “Moliyaviy hisobi – 1”, “Boshqaruv hisobi - 1” va “Soliqlar va huquq” kurslarida buhgalteriya, tadbirkorlik va auditorlarning malakasini oshirish hamda sertifikatli halqaro amaliyotchi buhgalterlarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. O‘zi ham Xalqaro toifadagi Sertifikatli amaliyotchi buxgalter nomiga sazovor bo‘lgan.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5