Donishmandlarning aytishlaricha:» Har kim o‘z vaqtidagi vazifasini ado etish bilan mashg‘ul bo‘lsa, uni "sohibul vakt" - "vaqt sohibi" deydilar. Bu vaqt sohibi vaqtning tasarrufidan qutulgan, balki uni o‘z tasarrufiga olgan bo‘ladi, ya’ni har bir vaqtni eng muhim va avlo holga sarf etadi. Uni "Abul vaqt soliq" - "Vaqt otasi bo‘lgan soliq", deydilar." Ana shunday vaqtning har lahzasini aziz bilgan, uning har soniyasini ezgu ishlar bilan bezashga oshiqayotgan, uni ilm egallashdek ulug‘ vazifaga sarf etayotgan olima ayollardan biri yuridik fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi" kafedrasi professori Zakirova Adina Gulyamovnadir. Adina Zakirova 1983-yilda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1983-1988- yillarda "Uzorgteh- nolhozstroy" tresti yuristi, 1988-1992-yillarda Respublika texnika markazi katta yurist konsultanti, 1992-2001-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti "jinoyat huquqi" kafedrasi o‘qituvchisi, dotsenti, 2001-2013-yillarda mazkur institutning 3 va 2 Huquq fakultetlarining dekani, 2013-2015-yillarda Toshkent yuridik kolleji bosh o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi» kafedrasi professori vazifasida ishlamoqda. Professor Zakirova Adina Gulyamovna talabalarga "Jinoyat huquqi", "Jinoyat ijroiya huquqi" fanlari bo‘yicha mazmunli ma’ruzalarni mahorat bilan o‘qib, bo‘lajak qimmatli maslahatlarini berib kelmoqda. Olimaning hozirga qadar 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan bo‘lib, ularning 4 tasi monografiya, 3 tasi darslik va 6 tasi o‘quv va o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar hisoblanadi. 1997-yilda "Huquqni muhofaza qilish organlari hodimlarining shaxsi va hukuqlarini jinoyat-huquqiy muhofaza qilish" mavzuida nomzodlik, 2004-yilda "Rashk motivi bilan sodir qilinadigan jinoyatlarga qarshi kurash muammolari" mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, 2008-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Zakirova Adina Gulyamovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JK, JI- Klarini takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Uning tashabbusi bilan o‘kuv pedagogik faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi, xususan Adina Zakirova juda ko‘p yosh o‘qituvchilarning murabbiysi hisoblanadi, uning rahbarligida 4 ta nomzodlik va 20 dan ortiq magistrlik disser- tatsiyalari himoya qilingan. Zakirova Adina Pedagogik mahorati, yuksak ilmiy salohiyati, qat’iyati, talabchanligi, shu bilan birga kasbiga muhabbati, talabalarga bo‘lgan e’tibori, mehri, hamkasblariga xushmuomalasi bilan hurmat-e’tibor qozongan. Olimaning oilasini haqli ravishda huquqshunoslar oilasi deyish mumkin, turmush o‘rtog‘i va farzandlari yurist sifatida inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish va ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani bajarishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.