Tursunoy Ziyodovani bu kun ko‘pchilik taniydi. U Guliston davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
Tursunoy 1974 yilda Sirdaryo davlat pedagogika institutini tugatib, 1991 yilgacha Mirzaobod tumanidagi 13 - maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. Shu yillar davomida u o‘zining izlanuvchanligi, darsni interfaol metodlar asosida tashkil qilishi bilan hamkablari, maktab va tuman rahbariyati nazariga tushdi. Unga “Katta o‘qituvchi” unvoni berildi.
Izlanuvchan pedagog 1995 yili “Ona tili talimi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish “ mavzusida nomzodlik dissertatsichsini yoqladi. 1998 yildan Xalq talimi vazirligi qoshidagi Respublika Talim markazida bosh mutaxassis lavozimida ish boshladi. Respublika maktab o‘quvchilari olimpiadalarini o‘tkazish, iqtidorli o‘quvchilarni tanlash ishlarida , isloh qilingan ona tili darsliklarini qayta ishlashda faol qatnashdi. 2001 yili uning akademik litsey va kasb - hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan “Ona tili” nomli rangli jadvallar to‘plami nashrdan chiqdi. 2001 yil sentyabrdan Guliston davlat universitetining “Pedagogika va psixologiya “ 2008 yildan “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab, talabalar uchun darsliklar yaratish ustida ham jiddiy izlanishlar olib bormoqda.
Olimaning izlanishlari tufayli 2005 yilda umumiy o‘rta talim maktablarining 5 - sinflari uchun “Ona tili” elektron o‘quv qo‘llanmasi yaratildi. 2006 yilda qayta ishlanib, takomillashtirilgan “O‘zbek tilidan didaktik slaydlar to‘plami” nomli elektron qo‘llanma XTV qoshidagi Respublika talim markazining ixtisoslashgan ilmiy kengashi muhokamasiga qo‘yilib, ijobiy baholandi. va respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.Shuningdek, 2004 yili 1 - 4 sinflar uchun "Diktantlar to‘plami", 2005 yili "O‘zbek tilidan repititor kitobi” 5 - 7 sinflar uchun “Diktant va bayonlar to‘plami” ,2006 yilda “”O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” kabi qator elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalarini nashrdan chiqardi.Yaratilgan elektron o‘quv adabiyotlari uchun 4 ta mualliflik guvohnomasi mavjud.
2007 yilda T. Ziyodovaning doktorlik dissertatsiyasi ustida olib borgan ilmiy izlanishlari , tajriba –sinov ishlarida erishilgan natijalar mahsuli - “Matn yaratish texnologiyasi” nomli ilmiy monografik asari nashrdan chiqdi va respublika talim tizimida keng ommalashdi. Bu monografiya respublikamizdan tashqarida ham, chunonchi Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston respublikalarining akademik litsey va kasb - hunar kollejlari o‘zbek tili talimida faol qo‘llanmoqda .
Bugungi kunda T. Ziyodova o‘zi ishlayotgan kafedra bilan Sirdaryo viloyatidagi bir necha umumtalim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari o‘rtasida faol hamkorlik aloqasini o‘rnatgan. Shuningdekmetodist olima YaQozog‘iston respublikasi, Chimkent oblastidagi Turkiston universiteti O‘zbek tili fakulteti o‘qituvchilari, BuxDU, O‘zMU, AnDU, TDPU professor o‘qituvchilari, respublika PXQTMOI lari bilan o‘zaro ijodiy hamkorlikda ishlaydi. Uning “O‘quvchilar so‘z boyligini oshirio‘ nomli” o‘quv qo‘llanmasi BuxDU professorlari X.G‘. Nematov, A.Q. G‘ulomovlar bilan ijodiy hamkorlikda, ona tili o‘qitish metodikasiga oid 2 ta o‘quv qo‘llanmasi esa TDPU professorlari B.To‘xliyev, M.Shamsievlar bilan hammualliflikda yaratilgan .Izlanuvchan olima Guliston davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshidagi “Matn yaratishning tizimli texnologiyasi” ilmiy maktabi rahbari, universitet olima ayollar kengashi azosi. T. Ziyodovaning chop etilgan ilmiy tadqiqot ishlari , o‘quv qo‘llanmalari miqdori 34 taga yetgan. Ulardan 5 tasi elektron o‘quv adabiyotlari sirasiga kiradi. U 14 ta iqtidorli talaba va 2ta tadqiqotchiga ilmiy rahbar. ”O‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy metodik asoslari“ mavzusidagi doktorlik ishi yakunlangan.
Uslubchi olima Ziyodova Tursunoy uch farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan mehribon ona, ijodkor pedagog , jonkuyar murabbiyligi , kamtarin , hushfel va bag‘rikengligi bilan ko‘pchilikning hurmatiga sazovar.